Rossiya Xitoydan "Garpiya-A1" kamikadze dronlarini işlab çiqarişda foydalaniladigan dvigatellarni olişda davom etmoqda, deb yozdi Reuters Yevropa rasmiylari va hujjatlariga tayanib.

Agentlik ma’lumotlariga köra, dvigatellar aniqlanmaslik va sanksiyalardan qoçiş uçun Xitoydan «sanoat sovitkiçlari» deb belgilangan soxta kompaniyalari orqali yaşirin ravişda Rossiyaga yetkaziladi.

Dronlar Rossiyaning «Almaz-Antey» davlat konserni nazorati ostidagi Ijyevskdagi "Kupol" elektromexanika zavodida işlab çiqariladi. Reuters agentligiga köra, Xitoydan yetkazib beriş AQŞ va Yevropa Ittifoqi tomonidan oktyabr oyida joriy etilgan sanksiyalarga qaramay, işlab çiqarişni köpaytirişga imkon bergan.

Joriy yilda "Kupol" Rossiya Mudofaa vazirligi bilan 6000 ta hujumkor dron yetkazib beriş böyiça şartnoma imzoladi, deb yozadi Reuters kompaniyaning içki hujjatiga tayanib. Aprel oyiga kelib 1500 dan ortiq dron yetkazib berildi. 2024 yilda "Kupol" Ukrainadagi uruşda qöllangan 2000 ta UUAni yetkazib berdi, deb yozadi Reuters.