Italiya Taşqi işlar vaziri Anjyelino Alfano La Repubblica gazetasiga bergan intervyusida hukumat KXDR elçisini mamlakatdan çiqarib yuborişga qaror qilgani haqida aytdi.
«Biz jiddiy qaror qabul qildik — Şimoliy Koreya elçisiga akkreditatsiya muddati töxtatiladi. U endi Italiyadan çiqib ketişi kerak»,— degan Alfano.
Sentyabr oyi boşida Şimoliy Koreya öz tarixidagi eng yirik yadroviy sinovni ötkazgandi va mintaqada navbatdagi inqirozni keltirib çiqardi. AQŞ Prezidenti Donald Tramp 20 sentabr kuni BMT Boş Assambleyasida çiqişi vaqtida rasmiy Pyongyangdan raketalar uçirişni bas qilişni talab qildi. Tramp aks holda AQŞ Şimoliy Koreyani «yöq qilib yuborişi» mumkinligi bilan tahdid qildi. KXDRning raketa sinovlarini barça davlatlar qoralaydi, ammo şimolliklar davlati raketa sinovlarini töxtatib, tinç muzokaralar ötkazmayapti.
Bundan avvalroq Xitoy hukumati şimoliy koreyaliklarning mamlakat hududidagi barça kompaniyalarini yopişga qaror qilgandi.












