Bugun, 1 oktabr kuni Fransiyaning Marsel şahridagi Sen-Şarl vokzalida örta yoşlardagi erkak sovuq qurol bilan ikki kişiga hujum qilib, ularning umriga zomin böldi.
Mahalliy politsiya vakillari uşbu şaxs diniy ruhdagi hayqiriqlar bilan hujum qilgani uçun, bu hujumni terakt sifatida baholagan. Ayni paytda voqea tafsilotlari örganilmoqda.
Şuningdek, ötgan keça, yuqoridagi holatga öxşaş hodisa Edmonteda (Kanada) ham kuzatilgan. Unda erkak kişi piyodalar ötiş yölkasidan yölni kesib ötayotgan yölovçilarga qasddan jarohat yetkaziş maqsadida avtomobil tezligini oşirgan. Birozdan söng, politsiya vakillariga piçoq bilan taşlangan. Uning harakati natijasida, 5 kişi tan jarohati olgan, hujum qilgan şaxs uşlangan. Uning boşqaruvida bölgan maşinadan IŞID bayroği topilgan.













