Angliya çempionatida ötgan haftaning dam oliş kunlarida 7-tur uçraşuvlari bölib ötdi. Bu turdan keyin ham Mançester jamoalari turnir jadvalida boşqa raqiblardan ajralgan holda qöşpeşqadamlikni davom ettirişmoqda. 7-turda Joze Mourino boşçiligidagi «Mançester Yunayted» navbatdagi raqibni osonlik bilan yançib taşladi, «Kristal Pelas»ga 4ta javobsiz gol urildi.

Xosep Gvardiolaning «Mançester Siti»si esa jiddiy sinovdan ötdi. Londonda ötgan mavsum çempioni «Çelsi» Kevin de Bryuyne qarşisida ojiz qoldi. 

Barqaror öyin körsatayotgan bu ikki jamoa 7 turdan keyin 19tadan oçko jamğargan holda birinçi va ikkinçi örinlarda joylaşgan. Töplar nisbati «Mançester Siti»da bittaga yaxşiroq.

ÖZIGA ÖXŞAMAGAN «ÇeLSI»

Har ikki tomonning ğalabasi bilan yakunlanişi mumkin bölgan uçraşuvning sönggi daqiqalarida, rostan ham «Mançester Siti» kuçliroq ekani haqidagi taassurot barçada paydo bölgani tabiiy. Nazarimda, buning sababi, Antonio Konte qaysidir pallada öz prinsiplaridan voz keçib, «Siti» bilan uning qurolida kuraşişga uringanidir.

Qaysi palla ekani ham ma'lum, öyinning 35-daqiqasida Alvaro Morata örniga Batşuayi emas, Villian tuşirilişi öyinning kalit nuqtasi böldi. Tarkibda Fabregas, Azar, Kante, Bakoyoko va Villian bilan Konte Gvardiola bilan töp nazoratini, maydon markazidagi hokimlikni talaşmoqçi böldi, göyo. Murabbiy öyindan maqsad köproq gol uriş va buning uçun raqibning ustun jihatlarini yöqqa çiqariş, öz jamoangning esa ustunliklariga urğu beriş ekanini unutgandek edi.

Yuqorida sanab ötilgan futbolçilar bilan istalgan raqibga qarşi öyinda markazni qölga oliş mumkin, lekin «Siti» bilan emas. «Çelsi» tarkibida aniq paslar böyiça eng yaxşi körsatkiç – Sesk Fabregasda, u APLda şu körsatkiçi bilan 24-örinda bormoqda xolos. Öşa jadvalda «Mançester Siti»ning biratöla 7 futbolçisi Fabregasdan yuqori örinlarni egallaşgan.

Maydonga Batşuayini tuşiriş orqali, «Çelsi» öz uslubiga sodiq qolişi va uzun-örta paslar orqali vaziyatlar yaratişga harakat qilişi mumkin edi. Töp nazoratiga tayaniş va hujumlarni aynan qisqa paslar orqali boşlaşga uriniş «Siti» uçun ayni muddao (ötgan mavsumda «Arsenal» ham şunday qopqonga tuşgandi) edi, ayniqsa 2-bölimning özida Gvardiola şogirdlari 8 marta raqib maydonida töpni olib qöyişdi. 

Öziga yaraşa kuçli va rang-barang tarkibga ega bölgan Antonio Kontening haddan taşqari ehtiyotkorligi Angliyadagi top öyinlarda pand berişni boşladi. Bu örinda «Arsenal»ga qarşi «Stamford»dagi öyinni ham eslaş mumkin.