Malayziyada Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning akasi Kim Çen Nam joniga suiqasd qilganlikda gumon qilinayotgan ikki gumondor ustidan sud jarayoni boşlandi. U Şox Olam şahrida boşlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Yaponiya OAVga asoslangan holda.
Sud vetnamlik Zoan Txi Xiong va indoneziyalik Siti Aisyani ölim jazosiga mahkum etişlari mumkin. Ular 13 fevral kuni Kuala-Lumpur aeroportida KXDRning Kim Çxol nomiga berilgan diplomatik pasport egasiga hujum qilib, kuçli zaharlovçi VX moddasini moyga aralaştirgan holda uning yuziga surkaşgan, deb taxmin qilinmoqda.
Sudlanuvçilar 28 yoşli Zoan Txi Xiong va 25 yoşli Siti Aisya öz aybiga iqror bölişmagan. Ularning ta'kidlaşlariça, sudlanuvçilarni video-öyinda qatnaşiş uçun yollaşgan va ular özlarining harakatlaridan Kuala Lumpur aeroportida halok bölgan kişi kim ekanini bilişmagan ham.
Tergov jarayonida KXDRga nisbatan gumon paydo bölgan. Ammo Pxenyan buni qat'iy ravişda rad etib kelmoqda. Hodisaga aloqadorlikda gumon qilinayotgan şimoliy koreyaliklar Malayziyani tark etişga ulgurgan.

















