Bugun, 1 oktabr kuni Namanganda Oliy liganing 23-turida mahalliy «Navbahor» jamoasi «Paxtakor»ni mehmon qildi.

Öyinning birinçi bölimida hisob oçilmadi.

Ikkinçi bölim mehmonlar ustunligida boşlangan bölsa-da, «Navbahor» hisobni oçdi. 57-daqiqada Mirzohid Ğofurov çap qanotdan «Paxtakor» jarima maydoniga yorib kirib Lobanov darvozasini işğol qildi - 1:0.

72-daqiqada esa Rözimboy Ahmedov namanganliklar jamoasining ikkinçi golini urdi - 2:0.

Bu mağlubiyatdan keyin Toşkent jamoasi 41 oçko bilan uçinçi örinda qoldi, «Navbahor» esa 36 oçko bilan yettinçi örinda.

Oliy liga, 23-tur
«Navbahor» - «Paxtakor» 2:0
Gollar: Ğofurov 57, Ahmedov 72
«Navbahor»: Hamroyev, Ğofurov, Komilov, Mehmonov, Stanoyeviç, Örunov, Jabborov (s), Aliyev, Qiliçev (Maxstaliyev 80), Turğunboyev (Boydedayev 90), R.Ahmedov (Yovanoviç 75).
«Paxtakor»: Lobanov, Kozak, A'zamov, Simiç (s), Hoşimov, Griffits, A.Ahmedov (Iskanderov 76), Nurullayev (Ibrohimov 66), Bezerra, Kanyuk (Hakimov 84), Sergeyev
Ogohlantirişlar: Ğofurov 44, Bezerra 36, Stanoyeviç 53, Qiliçev 80