Kunning ikkinçi yarmiga kelib Kataloniyadagi referendumda davomat 50 foizdan oşdi. Bu haqda jurnalistlarga Kataloniya rahbari Jordi Turul ma'lum qildi.

«Ayni vaqtda davomat 50 foizlik çegaradan ötdi», deya ma'lumot bergan u.

Kataloniyada 7,5 million kişi istiqomat qiladi, şundan 5,3 million kişi saylaş huquqiga ega hisoblanadi.

Kataloniya hukumati referendum uçun 2,3 mingta saylov uçastkasi tayyorlagandi.

Ammo Ispaniya hukumati uşbu referendumni qonuniy emas, deb baholadi va politsiyaçilarni saylov uçastkalarini yopiş uçun yölladi. Natijada saylov uçastkalarning mingdan ortiği şanba kuniyoq yopilgandi.

Kataloniya hukumati odamlar saylovga borişi uçun barça çoralarni körmoqda. Ammo saylov uçastkalari atrofini politsiyaçilar örab olişgan. Natijada kataloniyaliklar va politsiyaçilar örtasida töqnaşuvlar yuzaga keldi.

Saylov uçastkalari mahalliy vaqt bilan soat 20:00gaça (Toşkent vaqti bilan soat 23:00) oçiq böladi.

Agar referendum natijasida uni aksar saylovçilar qöllab-quvvatlasa, Kataloniya özini mustaqil davlat sifatida e'lon qiladi.