Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Kuraş milliy sport turini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni Prezident rasmiy saytida keltirilgan.

Qarorda kuraş milliy sport turini aholi, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoşlar örtasida yanada rivojlantiriş hamda ommalaştiriş, ösib kelayotgan avlodda milliy iftixor va vatanparvarlik tuyğusini mustahkamlaş, şuningdek, jamiyatda soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş va jahon sport maydonida yuqori natijalarga erişişni ta'minlaş maqsadida 6 sentabr — Kuraş milliy sport turi kuni sifatida belgilangan.

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda kuraşni yanada rivojlantiriş va ommalaştiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturini işlab çiqişi va tasdiqlaşi belgilandi. Dasturda quyidagilar nazarda tutilişi lozim:

Nukus şahri va viloyat markazlarida kuraş markazlari, har bir tuman va şaharda zamonaviy sport klublari va seksiyalarini taşkil etiş;

kuraş böyiça respublika, xalqaro musobaqa va turnirlarni doimiy asosda taşkil etiş va ötkaziş;

kuraş böyiça respublika, xalqaro musobaqa va turnirlar iştirokçilarining avtomatlaştirilgan ma'lumotlar bazasini joriy etiş;

kuraş yönalişi böyiça oliy va örta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalariga qabul kvotalarini oşiriş;

mazkur sport turi bilan şuğullaniş uçun jahon standartlariga javob beradigan «yaktak» sport kiyimlari va «kuraş gilam»larini işlab çikarişni taşkil etiş;

kuraşni, şu jumladan, reklama kampaniyalarini ötkaziş va ijtimoiy roliklarni namoyiş etiş orkali ommalaştiriş böyiça media-reja işlab çiqiş.

Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasi kuraşni «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» sport öyinlari dasturiga örnatilgan tartibda kiritilişini ta'minlaşi belgilandi.

Bundan taşqari, Özbekiston kuraş federatsiyasining Özbekiston kuraş federatsiyasi huzurida «Kuraş milliy sport turi markazi» nodavlat notijorat taşkilotini taşkil etiş va Toşkent şahar, Korxojaota köçasi, 25-uy manzili böyiça joylaştiriş töğrisidagi taklifi ma'qullandi.