«Barselona» Kataloniya xalqining ozodlik yölida uyuştiradigan namoyişlariga qöşiladi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar tarqatgan.

3 oktabr kuni taşkil etilişi rejalaştirilayotgan namoyişlarda iştirok etişi kutilayotgan klub ertaga faoliyat olib bormasligini bildirgan.

«Barselona» futbol klubi umummilliy namoyişlarni qöllab-quvvatlaydi va ularda iştirok etadi. Şu sababdan klub ertaga butunlay yopiladi. Birorta jamoa, hattoki yoşlar jamoasi ham ertaga maşğulotlarda iştirok etmaydi», - deyiladi klub bayonotida.

Yakşanba kuni Kataloniyada Ispaniyadan ajralib mustaqil bölişni yoqlaş maqsadida referendum ötkazildi. Ispaniya Konstitutsion sudi esa bu jarayonni noqonuniy deb topib, referendumning har qanday natijasini tan olmasligini bildirgandi. Kataloniya hukumati bergan ma'lumotga köra, referendumda ovoz beruvçilarning 90 foizi iştirok etgan. Keyinroq Kataloniya poytaxti Barselona markazida Kataloniya jamoat milliy taşkiloti 3 oktabr kuni Kataloniya köçalari böylab norozilik namoyişlari ötkazişi haqida e'lon qilgandi.