Özbekistonda suv-energetika resurslarni boşqarişning yagona tizimini şakllantiriş, gidroenergetikani rivojlantiriş uçun izçil işlar amalga oşirilmoqda.

Pskem GESning qurilişi ham bu boradagi işlarning uzviy davomidir. Şu örinda Pskem daryosi Özbekistondagi özlaştirilmagan daryolarning eng yirigi hisoblanadi. Pskem daryosi Oyganing va Maydantal irmoqlarining qöşilişidan hosil bölgan yirik daryo bölib, u töliq respublikamiz hududida joylaşgan. Çotqol va Köksuv daryolari quyilişi Pskem daryosini hosil qiladi. Pskem daryosining eng yuqori qismida Özbekiston eng yirik Çorboğ GES stansiyasi barpo etilgan. Uning quvvati 620.5 MVt, yillik elektr energiya işlab çiqarişi  quvvati esa 2 mlrd kVt.soatni taşkil qiladi. Oqimning pastki qismida ya'ni Çirçiq daryosining kanallari, Çirçiq-Bözsuv suv energetikasi qismlarida 17 turdagi har xil quvvatga ega bölgan GES mavjud bölib, bu GESlarda suv resurslaridan samarali foydalaniladi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 mayda “2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturi töğrisida”gi PQ-2947-sonli Qarori qabul qilingani aynan gidroenergetika sohasini yanada rivojlantirişga qaratilgandir. Dasturda GES quriş töğrisidagi kelgusi çora-tadbirlar ham belgilab berilgan.

Çirçiq daryosi havzasida va Çirçiq daryosi oqimi böylab bir neçta GES quriş rejalaştirilgan. Şulardan biri Pskem GES hisoblanadi. Pskem GES yirik obektlardan biri bölişi kutilmoqda. Toşkent viloyatining Böstonliq tumanidagi qişloqda Pskem GES quriliş işlari boşlab yuborilgan. Pskem GES Toşkentdan şimoli-şarqda 120 km masofada joylaşgan bölib, Çorvoq suv omboridan 45 km tepada joylaşgan. Pskem GESning elektr energiya imkoniyati 404 mvt.ni taşkil etadi. Kattaligi böyiça Pskem GESi Çorvoq GESdan keyingi ikkinçi örinni egallaydi. Pskem GES yiliga 900 mln. kVt elektr energiyasi işlab çiqardi va elektr energiya yetkazib beruvçi eng kerakli manba hisoblanadi. Pskem suv ombori töla hajmda  520.8 mln M3 suvni taşkil qilib, undan olinadigan samarali suv kubi esa 486.5 mln M3 taşkil qiladi. Pskem daryosida uşbu gidroelektrostansiyasi qurilişi mamlakatimizda yoqilği energetik resurslarini saqlab qolişini ta'minlaydi. Yiliga 300 ming tonna şartli yonilği örnini bosadi. Bu bilan 250 mln.m3 tabiiy gaz va 900 ming tonna Angren kömirini tejab qoliş mumkin. Pskem GES qurilişi natijasida şu hududda yaşovçi aholining turmuş şaroitining ijtimoiy-iqtisodiy ösişiga turtki böladi. Zamonaviy muhandislik va ijtimoiy infrastruktura yaratilişiga olib keladi. Aholini iş bilan ta'minlaydi.