Foto: SpaceX

Amerikaning SpaceX kompaniyasi asosçisi Ilon Mask Avstraliyaning Adelaida şahrida bölib ötayotgan Xalqaro astronomiya kongressida çiqiş qildi. U kompaniyaning Mars sayyorasini zabt etiş böyiça ulkan rejalarini ma'lum qildi. Maskning fikriça, 2022 yilga kelib, Marsga ilk parvozlar amalga oşiriladi. Uning maqsadi Qizil sayyorani mustamlakaga aylantirişdan iborat böladi. 

Foto: SpaceX

Videokonsepsiyada namoyiş etilişiça, Marsga yular va fazogirlarni eltişda yangi köpmaqsadli BFR raketasidan foydalaniladi. Uning balandligi 106 metrga, diametri 9 metrga yetadi. Raketaning tezlik olişi uçun möljallangan modul Raptor tizimidagi 31 dvigatelga ega böladi.

Interplanetary Transport System (Sayyoralararo transport tizimi) Yerning oraliq orbital stansiyasiga 150 tonnagaça yukni yetkazadi, Marsga uçişda 50 tonna foydali bkni taşiy oladi. Uçiriladigan parvozlar orbitaga 40 ta modulni yetkazişni közda tutadi. Ularning har birida 2-3 astronavt böladi, şu bilan fazoga 100 kişidan iborat ekipaj yetkaziladi.

Foto: SpaceX

BFR raketasini barpo etiş işlariga yaqin 6-9 oyda kirişiladi. Yangi fazoviy kemaning barça elementlari kelgusi parvozlarda ham foydalaniladi. 

Foto: SpaceX
Foto: SpaceX
Foto: SpaceX