Ispaniya terma jamoasi himoyaçilari Jyerar Pike va Serxio Ramos örtasidagi mojaro kelib çiqqan. Bu haqda As naşri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga köra, Kataloniyada bölib ötayotgan referendum masalasida tortişib qolişgan va oxir-oqibatda bir-birini haqorat qilişgaça borgan va ularning özaro munosabatlari butunlay barbod bölgan.
Xabarda qayd etilişiça, Ramos Pikeni Ispaniya terma jamoasidagi muhitni buzişda ayblagan.
Pike va Ramos «Barselona» va «Real» futbolçisi sifatida matbuot orqali juda köp marotaba bahslaşişgan, ammo ular Ispaniya terma jamoasida doimiy döst ekanliklarini aytib kelgan.
1 oktabr kuni Kataloniyaning Ispaniyadan ajralib çiqişi böyiça referendum bölib ötgandi. Ispaniya Konstitutsion sudi referendum ötkazilişini noqonuniy deb topgan, mamlakat hukumati esa tadbir taşkillaştirilişini oldini oliş maqsadida Madriddan qöşimça kuçlarni jalb qilgandi.












