Yakşanba kuni Kataloniyada mustaqillikqa doir referendum bölib ötdi. Uning natijalari Ispaniya va Yevropa uçun jiddiy iqtisodiy ta'sir körsatadi. Ovoz beriş jarayoni aynan mamlakatning ön yillik tanazzuldan keyin öziga kelayotgan vaqtda bölib ötmoqda. Axir Kataloniya — uning nisbatan samarali hududi-ku.
Mustaqillik boylik sari yöl sifatida
Ispaniya iqtisodiyotining deyarli beşdan bir uluşi Kataloniyaga töğri keladi, boz ustiga, u rekord darajali 25 foiz eskportni işlab çiqaradi.
Kataloniya ğaznaga hukumatdan oladiganidan-da köp (içki soliqlarning umumiy hajmidan 21 foiz) pul topşiradi.
Aynan şu iqtisodiy nomuvofiqlik — mustaqillik tarafdorlarining asosiy dalili: ularning ta'kidlaşiça, Madridni boqiş töxtatilsa, Kataloniyaning byudjyet defitsiti profitsitga aylanadi.
Şuningdek Kataloniya investitsiyalarning katta qismini jalb qilib keladi - Ispaniyadagi deyarli barça xorijiy kompaniyalarining uçdan bir qismi mintaqa poytaxti, Barselonadan qönim topgan. Masalan, Volkswagen va Nissan'ning Barselona ostida öz zavodlari bor.

Jiddiy tahdidlar
Köp savollar javobsiz qolmoqda, Yevropa Ittifoqiga a'zolik ham şular jumlasidandir. Agar Kataloniya YeIga a'zolik uçun alohida ariza beradigan bölsa, hozirgi blokning barça a'zolarini, jumladan Ispaniyani ham uning nomzodini qöllab-quvvatlaşiga köndirişi kerak böladi.
"Hozirgi vaqtda Kataloniyaning YeI tarkibida mustaqil mamlakat böliş uçun deyarli imkoni yöq", - deya keltiradi CNN Money naşri Berenberg Bank iqtisodçilarining sözlarini.
Blokdan çiqiş Kataloniyada işlab çiqarilgan va YeI hamda boşqa mamlakatlarga eksport qilinadigan tovarlar narxining oşiş ehtimolini keltirib çiqaradi.
"U Jahon savdo taşkiloti a'zosi bölmagan qisqa röyxatdagi mamlakatlar qatoriga qöşiladi, bu degani, jiddiy savdo tösiqlariga duç keladi", - deydi Londonning Capital Economics tadqiqot kompaniyasi iqtisodçisi Stiven Braun.
Braunning aytişiça, uşbu qadam Kataloniyada import tovarlar narxining oşişiga va, tabiiyki, işçi örinlarning yöqolişiga olib keladi.













