Sönggi ma'lumotlarga köra, Las-Vegasdagi kantri-festival qatnaşçilariga qarata uyuştirilgan oçiq otişma oqibatida qurbon bölganlar soni 58 nafarga yetdi. Bu haqda şahar politsiyasi boşliği ma'lumotiga asoslangan holda Associated Press xabar tarqatdi.

Şuningdek, yaralanganlar soni 515 nafarni taşkil etmoqda.

2 oktabrga ötar keçasi 64 yoşli pensioner Stiven Peddok mehmonxona binosidan turib maydonda musiqa festivaliga yiğilgan minglab kişilar ustiga öt yoğdirdi. Keyin u özini otib taşladi. U 28 sentabrdan beri mehmonxonada istiqomat qilib kelgan, xonadan öndan ortiq qurol topilgan.

Uning jinoyat motivlari hali aniqlanmadi.

Biroz oldinroq IŞID uşbu hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi va Stiven Peddokni öz askari deb atadi.