Eron Iroq Kurdistoni bilan çegaradoş ğarbiy qismiga zirhli texnika va artilleriya joylaştirdi. Bu haqda Iroq Kurdistoni hukumati vakiliga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Eronning Tasnim axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Eron qurolli kuçlari 2 oktabrda Eronning ğarbiy qismida piyoda askarlar, jumladan tezkor javob beriş kuçlari, artilleriya, tankka qarşi qismlar va uçuvçisiz aviatsiya iştirokida harbiy maşğulotlarning 3-bosqiçini boşlagan.
Bu maşğulotlarga Iroq armiyasi bölinmalari ham qöşilgan.
30 sentabrda Eron qurolli kuçlarining vakili, brigada generali Mas'ud Jazairiy ikki davlat qurolli kuçlari yaqin kunlarda Eronning Iroq bilan çegarasida harbiy maşğulotlar ötkazişlarini ma'lum qilgandi. Jazairiyning ta'kidlaşiça, qömondonlik tarkibining yiğilişida Eron Iroq yaxlitligini qöllab-quvvatlaşi, Iroq Kurdistonining mustaqil bölişi böyiça referendumning noqonuniyligi hamda Iroq bilan çegarada xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaş böyiça çoralar qabul qilinişi zarurligi aytilgan.











