Butun Rossiya patriarxi: "Amerika, Yevropa siyosatchilarini O‘zbekistonga chaqiring, hech qayerda bunday diniy bag‘rikenglik yo‘q!"

Foto: Xalqaro Press-klub
Butun Rossiya va Moskva patriarxi Kirill O‘zbekistonga tashrifidan juda katta taassurot oldi. Rus pravoslav cherkovi Toshkent yeparxiyasi mitropoliti Vikentiy 4 oktabr kuni Xalqaro Press-klubda bo‘lib o‘tgan "O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning AQShga tarixiy tashrifi yakunlari. Bag‘rikeng Islom: tinchlik va ezgulik dini" mavzusidagi sessiyasida so‘zga chiqar ekan, shu haqida ma'lum qildi.
Mitropolit Vikentiy patriarx Kirillning O‘zbekistonga tashrifi uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, patriarx O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida bo‘lib, ko‘plab muqaddas dargohlar va obidalar bilan tanishgan. U islom dini mehr-muhabbatni targ‘ib qilishini ta'kidladi. Oddiy xalq orasida bo‘lgan patriarx o‘zbek xalqining mehr-muhabbatini his qilgani, bu esa bag‘rikenglik juda katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi.
Patriarx Kirill O‘zbekistondagi cherkov, ibodatxonalar va turli binolarni ko‘rib, O‘zbekistonda din va e'tiqodga bo‘lgan hurmatga tan berdi. "Amerika, Yevropa siyosatchilarini O‘zbekistonga chaqiring, kelib ko‘rishsin. Bunday bag‘rikenglik hech qayerda yo‘q! Men bu yerda ko‘rganlarimni hamma yerda va har doim aytaman. Bu yerda odamlarning samimiy mehr-muhabbati va hurmatini his qildim", - dedi patriarx.
Metropolit Vikentiyning ta'kidlashicha, patriarx Kirill oddiy xalq orasida bo‘lgan, ular bilan tanishgan va O‘zbekistondagi mavjud ulug‘ qadriyatlarni saqlab qolishga chaqirgan. U barcha dinlar tinchlik va totuvlikka chorlishini ta'kidlagan. Shu o‘rinda patriarx Kirill O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Biz noxush asoratlar bilan kurashishimiz emas, ularning oldini olishimiz kerak" degan gaplariga alohida e'tibor qaratgan.
"Patriarx Kirill ketish oldidan shunday ajoyib bir gap aytdi: O‘zbekistondan Rossiyaga ketgan odamlar u yerning eng yaxshi odamlari bo‘ladi, chunki ular tarbiyali odamlardir", - deydi mitropolit Vikentiy.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning Isroilga javobi: Tel-Avivda vayrongarchiliklar, yaralanganlar bor
Jahon | 07:43
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
Mavzuga oid

23:44 / 29.07.2023
BMT dinlararo bag‘rikenglik rezolyutsiyasini qabul qildi. O‘zbekiston uning hammualliflaridan biri bo‘ldi

23:56 / 15.06.2017