Özbekiston va Xitoyning tarixiy aloqalariga doir muzey ekspozitsiyasi joylaşgan binoning tarixi juda qiziq. 1899 yil Samarqanddagi Abramov xiyobonida qurilgan uşbu bino Rossiya - Xitoy bankining filiali bölgan. Samarqand uçun yangilik bölgan oppoq bino Yevropa klassik arxitekturasiga asoslangan uslubda qurilgan edi.

Binoga kiriş qismini Xitoyning himoya timsoli bölgan şerga öxşaş ikkita «Fu» itlarining haykalçalari bezab turadi.

Bank 1909 yil oxirida tugatilib, boşqa bankka birlaşib ketadi. Bolşeviklar töntarişidan söng u ham faoliyatini tugatadi. SSSR davridan boşlab turli ijtimoiy vazifalarni bajargan bino 2000 yildan Samarqand davlat universiteti ixtiyoriga ötgan.
Ayni vaqtda bu binoda hukumat qaroriga muvofiq, Samarqandda ŞHT Sammitini ötkaziş doirasida mehmonlar uçun körgazma taşkil qilingan.
Muzey ekspozitsiyasi Özbekistonning qadimiy şaharlari bilan ipakning asl vatani bölgan Xitoy örtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga asosiy e’tibor qaratilgan.

Ekspozitsiyaning boşlanişi «Xuş kelibsiz zali» deb atalib, zalga kirişingiz bilan Xitoy faylasufi Konfutsiy va özbek mutafakkir şoiri Alişer Navoiyning hikmatlariga guvoh böliş mumkin.
Konfutsiy: Uç narsa heç qaçon qaytib kelmaydi: vaqt, söz, imkoniyat. Şuning uçun vaqtni boy bermang, sözlarni tanlab işlating, imkoniyatni sira boy bermang. Uç yöl ilmga yetaklaydi: tafakkur yöli – eng ezgu yöl, taqlid yöli – eng oson yöl, tajriba yöli – eng aççiq yöldir.

Alişer Navoiy: "Odami ersang demagil odami, Onikim yöqdir xalq ğamidan ğami".
Şuningdek, bu yerda turli tarixiy davrlarda Xitoy çinnisi ta’sirida yaratilgan özbek kulolçilik mahsulotlari ham bor.











































