Rus pravoslav çerkovi (RPÇ) rahbari patriarx Kirill (Vladimir Gundyayev) 1970-yillarda SSSR Davlat xavfsizlik qömitasi («KGB») körsatmasi bilan Jyenevada razvedka faoliyati bilan şuğullangan. Bu haqda 5 fevral, yakşanba kuni Şveytsariyaning qator naşrlari, xususan, Tages-Anzeiger maxfiylikdan çiqarilgan davlat arxivlariga tayanib xabar berdi.

Uşbu ma’lumotlarga köra, Gundyayev razvedka xizmatida «Mixaylov» şartli nomidan foydalangan. Naşrning ta’kidlaşiça, u Şveytsariyadagi Butunjahon çerkovlar kengaşida (BÇK) Moskva patriarxiyasining rasmiy vakili lavozimini egallab, josuslik bilan şuğullangan. Şu bilan birga, uning asosiy vazifasi BÇKga ta’sir körsatiş bölgan. 

Rossiyaning Berndagi elçixonasi ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan uşbu ma’lumotga ğazablangan bayonot bilan javob berdi va xabarlarni «Şveytsariyada rusofobiya tarqalişining yana bir namunasi» deb atadi, deb yozadi Tages-Anzeiger. Rus pravoslav çerkovi izoh berişdan boş tortdi. BÇK bu borada heç qanday ma’lumotga ega emasligini ma’lum qildi.