Apple kompaniyasi vitse-prezidenti Filipp Şiller Kupertinoda iPhone X taqdimoti çoğida

Foto: ©AFP2017 / Josh Edelson

KGI Securities kompaniyasi tahlilçisi Kuo Min-Çi TrueDepth kamerasini yaratişda işlatilgan texnologiyani qayta yaratiş uçun Apple raqobatçilariga kamida ikki yil talab etilişini aytib ötgan, deb xabar beradi MacRumors.

Tahlilçining sözlariga köra, bu kamera Apple’ga 2018–2019 yillarda texnologik yetakçi bölişni ta'minlaydi. Kuoning ta'kidlaşiça, iPhone X savdolarining boşlanişidagi ba'zi bir qiyinçiliklarga qaramasdan, u Apple korporatsiyasining Hi-End smartfonlar bozoridagi istiqboliga «töliq işonçi komil».

TrueDepth frontal kamerasi yordamida Face yuzni skanerlaş texnologiyasini qöllaş imkoniyati yaratildi. Xabar qilinişiça, TrueDepth kamerasini işlab çiqarişdagi murakkabliklar iPhone X’ning dastlabki partiyasi qisqarişiga sabab bölgan.

Ilgariroq Face ID funksiyasining işida ham nuqsonlar yuzaga kelgani xabar qilingan edi. Jumladan, smartfon egasi 13 yoşdan kiçik bölsa, telefon öz egasini adaştirib yuborayotgani ma'lum bölgan edi. Funktsiya nuqsoni iPhone’ning yangi modellari taqdimotida ham yuzaga kelgan.

MacRumors’ning xabar berişiça, boşqa kompaniyalar ham şu singari texnologik va işlab çiqariş bilan boğliq bölgan qiyinçiliklar çiğiriğidan ötişadi. Samsung allaqaçon yuzni taniş texnologiyasiga ega qurilmani işlab çiqargan, lekin u 2D suratlardan foydalanadi va birmunça xavfsizroq.