Isroil XAMAS harakatining jangovar qanoti tarqatib yuborilmasa va Eron bilan aloqa uzilmasa Falastin bilan yaraşuvni qabul qilmaydi. Bu haqda mamlakat boş vaziri Binyamin Netanyaxu aytib ötdi.

U birinçi marotaba Falastinning raqobatçi XAMAS va FATH harakatlarining ön yildan beri davom etayotgan özaro ziddiyatlarni yengiş va siyosiy tizimning butligini tiklaşga urinişiga izoh berdi.    

"Isroil davlatini tan oling, XAMASni tarqatib yuboring, Eron bilan aloqalarni uzing", deb öqib bergan Netanyaxu Falastin rahbariyatiga yöllanadigan talablar röyxatini. 

Isroilda terrorçilik taşkilotlari röyxatiga kiritilgan XAMAS 10 yildan beri Ğazo sektorida hukmronlik qiladi. Sektor 2007 yildagi töntaruvdan keyin sanksiyalar şaroitida, taşqi dunyodan uzilgan holda, Isroil bilan harbiy ixtiloflar va yomonlaşayotgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat şaroitida yaşamoqda. FATH esa Ğarbiy qirğoqni Falastin milliy ma'muriyati, jumladan xalqaro tan olingan Rami Hamdulloh boşçiligidagi vazirlar mahkamasi orqali nazorat qiladi.