Madridning «Real» klubi 2018 yilning yozida «Tottenhem» hujumçisi Harri Keynni sotib olişga urinib köradi. Bu haqda Don Balon naşri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga köra, madridliklar hujumçi uçun 200 million yevro (177 mln funt) tölaşga tayyor bölib turişibdi. 24 yoşli Angliya terma jamoasi töpurarini sotib oliş uçun sarflanadigan pulning bir qismi Karim Benzema yoki Garet Beyldan birini sotiş orqali qölga kiritilişi mumkin.

2016/17 yilgi mavsumda Keyn Angliya Premer-ligasida 30 uçraşuvda 29 gol kiritib eng yaxşi töpurar bölgandi. U şuningdek muxlislar örtasida ötkazilgan sörovga köra, APLda yil futbolçisi bölgan.