Las-Vegasdagi musiqa festivali vaqtida iştirokçilarni öqqa tutgan va 59 kişini öldirib, 500dan ortiq kişining jarohatlanişiga sabab bölgan Stiven Peddok asosiy vaqtini kazinoda ötkazgan. U özi bilan yaşagan Meril Denlini hamişa odamlar oldida tahqirlagan. Bu haqda Los Angeles Times xabar tarqatdi.
Las-Vegasdan uzoqda bölmagan Meskit şaharçasida yaşagan Peddok şahardagi Virgin River kazinosining doimiy mijozlaridan bölgan. Guvohlar u doimo Denlini xörlab kelganini aytib berişgan.
Bir safar Denli undan xaridlarni tölaşi uçun kartoçkasini söragan. Şunda Peddok unga balanddan turib qaragan va degan: "Senga kazino kartasi umuman kerak emas. Sen içgan napitka va umuman sen uçun men tölayman". Şundan söng, Denli xonim indamaygina boş eggan.
"U bizning köz öngimizda Denli xonimga juda qöpol muomalada bölardi", deya eslaydi Starbucks kafesi xodimi Esperanza Mendoza.
Mendoza şuningdek, kafening boşqa xodimlari Peddokning suratini televizorda körsatişganida dahşatga tuşişgani haqida hikoya qiladi. "Biz bu odamni deyarli har kuni körardik. U bunday qörqinçli işni sodir etganiga işona olmadik", degan u.
Fojia röy bergan kunda asli avstraliyalik Meril Denli Filippinda bölgan. Peddok u bilan Meskitda ikki yildan buyon yaşab kelayotgandi. 25 sentabr kuni sayohatga çiqib ketgan Meril Denli ayni vaqtda FQB tomonidan AQŞga olib kelindi.












