22-23 sentabr kunlari Qoraqalpoğiston xabar agentligining taşabbusi bilan “Nukus vinozavodi” AJ homiyligida bir guruh ommaviy axborot vositalari va arxeologlar uçun Ustyurt platosi va Orol dengizi akvatoriyasi böylab mediatur taşkil qilindi.
Mediaturni taşkil qilişdan asosiy maqsad – Ustyurtda saqlanib qolingan qator noyob va kam tadqiq qilingan arxeologik obidalar haqida keng ommani xabardor qiliş hamda şuning hisobidan nufuzli xalqaro mediataşkilotlarning, mutaxassislarning e'tiborini jalb qiliş va hududda turizmni rivojlantirişga hissa qöşiş.
Ma'lumki, Ustyurt dunyodagi eng kam tadqiq qilingan hududlardan biri hisoblanadi. Bu hududdagi köpçilik tarixiy-arxeologik obidalar hanuzgaça sirini tölaligiça oşgani yöq.
Agentlik saytida bugungi Orol manzaralari suratlari taqdim etildi.


























