Bugun Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Janubi-ğarbiy maxsus harbiy okrugining “Foriş” toğ dala öquv maydonida Özbekiston Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirliklari hamkorligida ötkaziladigan maxsus taktik-öquv maşqlarning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining örinbosari – Janubi-ğarbiy maxsus harbiy okrug qöşinlari qömondoni general-mayor P. Ergaşev, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrug qömondonligi ştab boşliği örinbosari general-mayor R. Minnekayev, ikki davlat harbiy xizmatçilari iştirok etgan tadbirda mazkur maşqlar mamlakatlarimiz örtasida ikki tomonlama harbiy hamkorlikni rivojlantiriş borasidagi vazifa va maqsadlarni amalga oşiriş, şuningdek, tinçlik va xavfsizlikni mustahkamlaş, xalqaro terrorizm, ekstremizm kabi global tahdidlarga qarşi kuraşiş haqida söz bordi.




Tantanali tadbirda sözga çiqqanlar Özbekiston mintaqaviy va global xavfsizlikni ta'minlaşda özining qat'iy pozitsiyasiga ega ekanligini e'tirof etdilar. Marosimda Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlar Markaziy aşula va raqs ansambli hamda Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi aşula va raqs ansambli xonandalarining konsert dasturi namoyiş qilindi.






















