Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev BMT minbaridan turib, barçani ta'lim bilan ta'minlaşga, savodsizlik va jaholatga barham berişga kömaklaşadigan ma'rifat va diniy bağrikenglik borasida maxsus hujjat qabul qilişni aytib ötdi. Özbekiston musulmonlar idorasi raisi Usmonxon Alimov 4 oktabr kuni Xalqaro Press-klubda bu borada öz fikr-mulohazalari bilan örtoqlaşdi.
"Darhaqiqat, dinimizda olimning obiddan afzalligi töğrisida juda köp körsatmalar mavjud. Hazrati payğambarimiz (s.a.v.) özlarining bir hadisi şariflarida bu borada şunday deganlar:
"Kim ilm talab qiliş yöliga buyursa, Alloh unga jannat yölini oson qiladi. Albatta, fariştalar tolibi ilmni rozi qiliş uçun qanotlarini yozadilar. Olimga osmondagi mavjudotlar, yerdagi mavjudotlar, hatto suvdagi baliqlar ham istiğfor aytadi. Olimning obiddan fazli xuddi tölin oyning boşqa yulduzlardan yuqori fazlga ega bölganidek böladi. Olimlar payğambarlarning merosxörlaridir. Payğambarlar ilmni meros qoldirganlar. Kimki ilm olsa, uluğ nasibani olibdi, demakdir", - deydi Usmonxon Alimov.
Şuningdek diniy idora raisi Prezident virtual qabulxonasining oçilişi xalqimiz, ayniqsa mömin-musulmonlarning muammo va masalalarning yeçimini topişga juda katta yordam berib kelayotganini qayd etdi.
Insonparvarlik tamoyillaridan kelib çiqib, şaxsni qamoqda saqlaş bilan boğliq holatlar qayta körib çiqilganiga e'tibor qaratdi.
"Diniy e'tiqodda adaşib, notöğri yölga kirib qolganlarni afv etiş işlari jadallaşib ketdi. Ekstremistik ğoyalar ta'siriga tuşib qolgan, töğri yöldan adaşgan şaxslarni soğlom hayotga qaytariş uçun amaliy işlar qilindi. Bu borada diniy idora boşçiligida barça imom-xatiblar jamoatçilik bilan birgalikda joylardagi ekstremistik oqimlar ta'siriga tuşib qolgan şaxslarning e'tiqodlarini töğirlaşga erişişdi.
Sönggi yillarda terrorizm tahdidi kuçayib borayotgani, unga nisbatan kuç işlatib kuraşiş özini oqlamagani bois muhataram Prezidentimizning "Jaholatga qarşi ma'rifat bilan kuraşiş" şiori ostida juda köp işlar qilinmoqda. Buni jahon hamjamiyati ham tan olmoqda.
Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi ilmiy-tadqiqot xalqaro markazining taşkil etilişi va Toşkent şahridagi islom sivilizatsiyasi markazining barpo etilişi şu maqsadlarga yönaltirilgan", - deydi Usmonxon Alimov.
Bundan taşqari, Özbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi diniy ta'lim muassasalariga talabalarni qabul qiliş kvotalari ötgan yilga nisbatan ikki barobarga oşirilgani ta'kidlandi.











