Kameralarni sinovdan ötkazişga ixtisoslaşgan DxOMark studiyasi Samsung Galaxy Note 8 flagman smartfonini tadqiq qildi. Yaqindagina ötkazilgan test sinovlarida mutaxassislar iPhone 8 Plus qurilmasining aniq ustunligini tan olişdi. Biroq koreys fableti sinovlaridan keyin reytingdagi yetakçilar soni ikkitaga yetdi, zero ularning ikkisi ham maksimal 100 balldan 94 ball töplaşga muvaffaq böldi. Şunday bölsa-da, bu ikki smartfonning foto- va video-imkoniyatlari farqlanadi.
Galaxy Note 8 va iPhone 8 Plus smartfonlari ikki kamerali qurilmalar uçun maxsus işlangan test sinovidan ötkazildi. Ta'kidlaş joizki, ikki smartfon ham fonni xiralaştiriş imkoni va optik zumga ega portret rejim funksiyasini olgan. Buning uçun koreys smartfoni yirik 1.4-mkm pikselli ikki 12 megapikselli modul bilan ta'minlangan. Bundan taşqari, smartfon avtofokusli PDAF bilan jihozlangan hamda Auto HDR tasvirning optik stabilizatsiyasini qöllab-quvvatlaydi.

Galaxy Note 8'ning umumiy yakunlari asosiy raqibi iPhone 8 Plus'niki kabi 94 ball bölsa-da, fotos'yomka uçun alohida baholaş jarayonida koreys qurilmasi maksimal 100 ball olişga muvaffaq böldi. iPhone 8 Plus'da esa bu körsatkiç 96 ballni taşkil qilgan.












