Robert Nababan Indoneziyaning Rigu viloyatida işdan uyiga qaytayotganida, ulkan hajmdagi ilon ikki piyodaning yölini tösib qöyganini körib qoladi, deb yozmoqda Mirror naşri.
Palma maydonining 37 yoşli qorovuli bu holatga aralaşiş va ulkan böğma ilonni yöldan haydab yuborişga qaror qildi, lekin ilon ötkir tişlari bilan Robertning qöllariga yopişib olgan.
Erkak böğma ilon bilan yölning örtasida kuraşga kirişdi, ötkinçi yölovçilar esa bu holatdan dahşatga tuşişdi. Uzoq davom etgan “jang”dan söng sudraluvçi öldirildi, erkak esa çuqur jarohatlar bilan kasalxonaga jönatildi.


“Men uni uşlab olişga harakat qildim. U qölimdan tişlab oldi, hamda biz kuraşdik”, - deydi Robert böğma ilon bilan töqnaşuv haqida.
Mağlub etilgan böğma ilon Robertning qişloğida hammaga körinarli joyga osib qöyildi.


Indoneziya OAVning ta'kidlaşiça, joriy yilning martida Ğarbiy Sulavesida istiqomat qiluvçi boşqa şaxsning bu ulkan ilon bilan töqnaşuvi ayançli yakun topgan. Uning jasadi böğma ilonning oşqozonida topildi.












