Joriy yilning 22 avgust kuni tongi soat 06.00da Qaşqadaryo viloyati Koson tumani IIB Qöriqlaş bölimi xodimi serjant Ş.Gulmurodov “Koson yoğ-ekstraksiya” aksiyadorlik jamiyatida xizmat postida qöriqlovni amalga oşirayotgan paytida notaniş kişilarning xatti-harakatlaridan şubhalanib, zudlik bilan tuman IIB Qöriqlaş bölimi texnik qöriqlaş markaziga xabar beradi.
Uşbu xabarga asosan tuman IIB Qöriqlaş bölimi tezkor harakatlanuvçi guruhi xodimlari safdorlar M.Xayitov, M.Mardonov va R.Alloyevlar voqea joyiga öz vaqtida yetib borganlarida uç noma'lum şaxs korxonaning markaziy omborxonasining orqa tomonidan 102ta kauçuk moddasi solingan qoplarni “Ural” rusumli mototsikliga joylaştirib, noqonuniy ravişda öğirlab ketayotgan vaqtlarida daliliy aşyolar bilan uşlanib, tuman IIB navbatçilik qismiga topşirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB Tergov bölimi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.











