Ekspert-kimyogarlar KXDR yetakçisi Kim Çen Inning akasi Kim Çen Namning öldirilişi böyiça işda gumondor sifatida qayd etilgan şaxslardan birining köylagidan VX asab-falajlovçi modda izlarini topişdi. Bu haqda Malaysian Insight naşri sud ma'lumotlariga asosan xabar bermoqda.
Malayziya Ilm-fan vazirligi Kimyo departamenti tadqiqot bölimi boşliği Raja Subramaniamning ma'lum qilişiça, u politsiya tomonidan taqdim etilgan dalillarni kimyoviy izlarni topiş maqsadida örgangan.
"Biz Siti Aisyaning yengsiz köylagida VX moddasining parçalanişi izlarini topdik", - dedi u payşanba kuni sudda. Ekspert keyinçalik fotosuratda körsatilgan öşa köylakni ham tanidi.
Avvalroq, patologoanatom öldirilgan Kim Çen Namning jasadida muşaklar işini nazorat qiliş uçun javobgar bölgan fermentlar tarkibi past darajada ekanini aniqlagani, bu esa uning zaharlanganini körsatayotgani haqida xabar bergandi. Gazetaning yozişiça, organizmdagi fermentning yetişmasligi içki a'zolarning işdan çiqişiga olib kelişi mumkin. Keyinçalik ma'lum bölişiça, öldirilgan Kim Çen Namning jasadidagi xolinesteraz fermenti past darajasiga zaharlanişdan boşqa narsa ham sabab bölgan bölişi mumkin.
Duşanba kuni Malayziyaning Şoh-Olam şahrida Kim Çen Namni öldirişda gumon qilingan ikki kişi ustidan sud boşlandi. Sud vetnamlik Zoan Ti Xiong va indoneziyalik Siti Aisyani ölim jazosiga mahkum etişi mumkin. Ular 13 fevral kuni Kuala-Lumpur aeroportida Kim Çxol nomiga rasmiylaştirilgan diplomatik pasporti bölgan Şimoliy Koreya fuqarosiga hujum qilişgan. Ular koreyalikning yuziga VX kuçli zaharlovçi moddaning tarkibiy qismlari bölgan moyni surişgani aytiladi.
Janubiy Koreyada halok bölgan şaxs Kim Çen Inning akasi, uzoq vaqtdan buyon Xitoyning Makaosida yaşagan Kim Çen Nam ekanini ma'lum qilişdi. Biroq, Pxenyan gap Kim Çen Nam haqida ketayotganini rasmiy ravişda tasdiqlamadi.
Şu bilan birga, internetda özini Kim Çen Namning öğli sifatida taniştirgan Kim Xan Sol ismli yigitning video-murojaati e'lon qilindi. U otasi öldirilganini aytgan. Keyinçalik Malayziya politsiyasi DNK namunalari bu şaxs KXDR rahbarining akasi ekanini tasdiqlagani haqida xabar berdi.
Zoan Ti Xiong (28 yoş) va Siti Aisya (25 yoş) öz ayblarini tan olişgani yöq. Ular maxsus öyin uçun işga yollanganliklarini va Kuala-Lumpur aeroportida özlarining xatti-harakati tufayli halok bölgan insonning kimligini bilişmasligini da'vo qilişdi.
Tergov jarayonida KXDRning özi şubha ostiga olindi, ammo Pxenyan bu hujum Şimoliy Koreyaga qarşi kampaniya davomida töqib çiqarilganini iddao etib, ayblovlarni qat'iyan rad etmoqda.

















