Sizning ismingiz Simon, Bangladeşning kiçik qişloqlaridan birida yaşaysiz. Bir kuni oldingizga yoşlikdan sizga yaxşi taniş bölgan bir odam keladi va çet eldan iş taklif qiladi. Uning aytişiça, siz avvaldan ança iqtidorli va qobiliyatli bölgansiz, u sizni biladi va yangi taşkil qilayotgan kantselyariya işida sizdan umid qilmoqda. U barça masalalarda sizga tirgak böladi: barça hujjatlarni rasmiylaştiriş, pasport va tibbiy körik, transport böyiça muammolarni hal qiliş, hatto agar sizga kredit kerak bölsa, u yerda ham qaraşib yuborişga tayyorligini aytadi. Taklif qilinayotgan maoş – 400 dollar – bu siz şu paytgaça hayotingizda körgan pullardan ham köp.
Albatta, siz ahmoq emassiz, bunday voqealarni köp eşitgansiz. Lekin u eski döstingiz. Bolalaringiz birga maktabga boradi. Özi mahalliy hokimiyatda yaxşi joyda işlaydi. U şunçaki yordam bermoqçi. Yangi hayot, moliyaviy mustaqillik, oilangiz kelajagi uçun juda zarur. Boşqa variant bormi? Faqat qişloqda qoliş va şu yerda qarib, yöq bölib ketiş.
Xullas, şartnomaga imzo çekdingiz. Hujjatlarni töldiriş, bir neçta seminarlar va suğurta uçun biroz pul kerak böladi. Qandaydir jamğarmangizni olasiz, tuzatişga imkon topa olmay kelayotganingiz taşlandiq yeringizni arzonroqqa pullaysiz, balki qarindoş-uruğlardan ham ozgina qarz havola qilasiz – axir kelajakdagi maoşlar yordamida bularning hammasini qoplaş imkoni böladi sizda. Bu axir hayotingizni özgartirib yuboradigan qadam. Va'da qilingan maoş bilan yaqin oylarda uyga pul jönatişni boşlaşingiz aniq, bu harakatlarning barçasi bolalaringizning kelajagi uçun.
Foto: Getty
Afsus, Doha aeroportidayoq «yerga tuşasiz». Qölingizga işçilar kiyimini tutqazib, ertaga ertalab, soat 6da quriliş maydonida bölişingiz kerakligini aytişgandayoq, hammasini tuşunasiz. Ha, siz ofisda ötirib işlaş uçun emas, stadion quriş uçun bu yerga kelgansiz. 400 dollar haqidagi gaplaringizga ham hayron bölişadi, aslida maoşingiz nari borsa 200 dollarni taşkil qiladi. Işga kiriş uçun yiğin siz avval rozi bölganingizdek, 200 dollar emas 2000 dollarni taşkil qiladi, buning ustiga Dohaga uçilgan reys çiptasiga ham qarzdor bölib qoldingiz. Pasportdan ayrilasiz, mamlakatni tark eta olmaysiz. Xullas, hali birinçi iş kuni boşlanmasdan, kompaniyaga ikki yillik maoşingiz miqdorida qarzdor bölib ulgurdingiz.
Mavzuga oid
Kuniga ön ikki soat, haftasiga olti kun. Özingizni ekspluatatsiyaning markazida his qilişingizni boşlaşingiz hamono, aksinça, baxtli böliş uçun ham sabablar topila boşlaydi, axir sizga maoşlar vaqtida berilyapti. Turli mehnat lagerlarida orttirgan yangi tanişlaringizning aytişiça, ular ikki, uç oy, hatto olti oylab qöllari pul körmagan paytlar bölar ekan.
Bu beqarorlik va evfemizm dunyosi. Birga işlayotgan şerigingiz hozirgina adyol ostida huşidan ketadi, uni olib çiqib ketişadi, tamom uni boşqa körmaysiz. Qaysidir savdo markaziga kirmoqçi bölsangiz, baquvvat xizmatçi yölingizni tösadi va bu yerda «oilaviy hudud» ekanini aytib, kelgan joyingizga qaytarib kuzatib qöyadi. Aslini olganda siz bu yerda işçi ham emas, şunçaki iş kuçisiz, qulsiz xolos. Aslini olganda siz bu yerda stadion emas, qabriston qurmoqdasiz. Muhojirlar qabristoni.
Iştirokçilar yoki guvohlarsiz aniq syujyetni tasvirlaş qiyin. Şuning uçun ham Simon obraziga murojaat qilindi. U şunçaki obraz, unday odam yöq. Uning hikoyasi aslida heç qaçon sodir bölmagan. Ammo bu voqealar sodir böladi va sodir bölmoqda. Aslida 2-3 million Simon bor. Uning hikoyasi keça sodir böldi, bugun ham sodir bölmoqda, ertaga ham böladi.
Ötgan haftada Human Rights Watch taşkiloti Qatardagi mehnat muhojirlari uçun yaratilayotgan şaroitlar haqida hisobot tayyorladi. Ma'lum bölişiça, işçilarning issiqda va namlik şaroitida mehnat qilişlari bilan boğliq şaroitlar hal qilinmagan. Taşkilotning aniqlaşiça, yuzlab mehnat muhojirlari quriliş obektlarida vafot etişmoqda, ammo aynan qança odam ölayotgani va bu hodisalar qanday sabablar bilan yuzaga kelayotgani haqida bilişning imkoni yöq – Qatar heç qaçon buni aytmaydi va hatto işçilarning kasallik yoki ölim varaqalari ham yuritilmaydi. Rasman qayd etiladigan ölimlar ham asosan «noma'lum sabablarga köra», «tabiiy ölim» yoki «yurak xuruji» deb yoziladi, xuddiki şaharning narigi tomonida sodir bölayotgan ölimlardek. Ha, odam öldi. Bölib turadi.
Human Rights Watch bir neça yillardan buyon bunga qarşi kuraşib keladi. Mamlakatning taşqi nazoratdan qoçayotgani, islohotlar faqat qisman va ba'zi yerlardagina amalga oşirilayotgani haqida e'tiborni jalb qilişga urinadi. Lekin foydasiz – ha, Qatarda yana bitta voqea sodir bölibdi, ha çatoq bölibdi. Stadionlar Qatardagi ilk katta loyihalar emasligi tufayli, odatiy tusga kirib ulgurgan, balki şuning uçun ham, JÇ-2022 loyihasidagi salbiy oqibatlar omma e'tiborini yetarliça jalb qila olmayapti.
Foto: Getty
Yana bir sabab, albatta, biz Qatardagi ofatlar haqida yetarliça ma'lumotga ega bölmaysiz, qurbonlar asosan rivojlanmagan davlatlardan keladilar, boşqalar uçun ham ma'lumotlarni qölga kiritiş deyarli imkonsiz.
Ötgan yilning martida BMT vakillari Qatarga taşrif buyurişdi. Maqsad sohadagi taraqqiyotga baho beriş, mehnat şaroitlarini tekşiriş va odatga köra, yelkani qoqib qöyiş. Ular tasodifan nepallik işçi bilan gaplaşib qoladilar va kutilmaganda u barça masalada rost gaplarni aytib yuboradi. Şu zahotiyoq u işdan böşatiladi va birinçi samolyot bilan Nepalga jönatib yuboriladi. Keyin esa, kimdirning aqliga, u beçoraning endi iş beruvçisi yöqligi, bemalol qamaş ham mumkin ekani kelib qoladi. Samolyotdan tuşişi bilan uni qamoqqa olişadi.
Bu voqealarni şunçaki xunuk kapitalizmning yovuz qoidasi tarkibiga qöşiş va xotirjam böliş mumkindek. Axir azaldan boy odamlar kambağallarni işlatgan. Ammo JÇ-2022 ni faqat mehnat şartnomalarining buzilişi ölaroq oçiqlaş ham yetarli bölmaydi, buning uçun vaziyatga biroz yaqinroqdan nazar taşlaş kerak böladi.
Ellik yillar oldin butun Qatar aholisini mana şu qurilayotgan stadionlardan biriga joylaştiriş imkoni bölardi. Hozirda Qatar aholisi 2.6 millionni taşkil qiladi va ularning 90 foizi mehnat muhojirlaridir. Mahalliy aholi uçun eng katta xavf ham şu – son jihatidan bir neça barobar ustun bölgan va asosan kuçga tölgan erkaklardan taşkil topgan muhojirlar birlaşişi mamlakatda beqarorlikni keltirib çiqarişi mumkin. Şuning uçun ham har qanday formadagi uyuşqoq mehnat aholida qörquv uyğotadi va muhojirlarga bölgan norozilik, diskriminatsiyaga şaroit yaratadi.
Aksariyat jamoat joylari – bozorlar, savdo markazlari yoki parklar «oilaviy hudud» deb belgilangan va bunday hududlar asosan mahalliy aholi va ğarbdan kelgan mehmonlar uçun işlaydi. Qurollangan qorovullar bu hududlarni qöriqlab turadilar va körinişi janubiy osiyolikka öxşagan odamlarni u yerlarga kiritmaslikka harakat qiladilar. Mamlakatning ba'zi hududlarida muhojirlar yaşaşi mumkin emas. Hatto bir neça yil oldin Qatar juma kunini alohida «oilaviy kun» deb belgilab, öşa kunlari muhojirlarning iş joyidan taşqariga çiqişlarini taqiqlaş haqida qaror çiqarmoqçi bölgandi.
Foto: Getty
Albatta, bu global zamonda pullarni nazorat qiliş qiyin. Agar ayniqsa, katta şaharda yaşasangiz, atrofingiz töla Qatar Sainsbury's tarmoğida xarid qilasizmi, British Airways'da uçasizmi, Barclays Bank'da hisob oçasizmi, baribir, bilvosita Qatarni moliyalaştirayotgan bölasiz. Neymarning gollarini olqişlab ham, Yevropa Çempionlar Ligasini tomoşa qilib ham, albatta. Bundan qaytariş niyatida emasmiz.
Albatta, heç kim bulardan voz keçmaydi. Jahon çempionatini kutamiz, undan zavq olamiz, axir futbolni sevamiz, şundaymi? Bu yerda eng ahamiyatlisi, atrofimizda bölayotgan hodisalarni dunyodagi voqealarga boğlay oliş, öşa rakursda qarab, tahlil qila olişdir. Bu degani, ertaga Mbappening çiroyli golidan söng, uning narxlarini hisob-kitob qilayotganda, ertaga qamaliş uçun samolyotga qadam qöyayotgan Simonni ham tasavvurda paydo qila oliş. Heç bölmasa.
Independent materiali asosida Q.Aslanov tayyorladi