Afrikaning Niger davlati janubi-ğarbiy qismida AQŞ va uşbu mamlakat harbiylarining qöşma patruli öqqa tutildi, deb xabar tarqatdi Reuters.
"Biz Niger janubi-ğarbiy qismida AQŞ va Nigerning qöşma patruli duşmanlar tomonidan öqqa tutilganini tasdiqlaşimiz mumkin", - degan Reuters’ning Pentagondagi manbasi.
Biroq, u halok bölganlar va jarohatlanganlar sonini oçiqlamagan.
Reuters’ning Pentagondagi vakilga asosan xabar berişiça, hodisa tufayli kamida sakkiz nafar askar halok bölgan.
Uning sözlariga köra, Niger qurolli kuçlarining beş nafar askari va AQŞning uç harbiysi halok bölgan. Şu bilan birga, amerikalik yana ikki askar yaralangan.
Agentlik diplomatik manbasining ma'lumotlariga köra, hujum qilganlar Nigerga Malidan kelişgan.
Biroq, AQŞ qurolli kuçlarining Afrika qömondonligi hozirça Nigerda röy bergan voqea tufayli amerikalik askarlar halok bölgani haqidagi ma'lumotni tasdiqlamadi.












