Inspektor Ilhom Musayev boşçiligidagi Majburiy ijro byurosi xodimlari Sirdaryo viloyati Guliston tumanining Navoiy mahallasida yaşovçi fuqaro H.F.Yu.ning xonadoniga elektr energiyasidan foydalanişdagi qonuniylikni örganiş maqsadida borişganida, uy egasi özboşimçalik bilan elektr manbasiga noqonuniy ulanib olganligi ma'lum böladi. Bu haqda “Özbekiston24” telekanali xabar qilmoqda.

Byuro xodimlari tomonidan voqea yuzasidan bayonnoma tuzilib, noqonuniy ulanişni uzayotgan vaqtda H.F.Yu. davlat xodimlariga jiddiy qarşilik körsatadi, turli haqoratli sözlar işlatib, inspektor I.Musayevga yengil tan jarohati yetkazadi.

Mazkur voqea yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro H.F.Yu.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.