Rossiya Federatsiyasi taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov özining «Rossiyskaya gazeta»ning çorşanba kungi sonida bosilgan, RF va mintaqa davlatlari bilan diplomatik aloqa örnatilganligining 25 yilligiga bağişlangan «Rossiya-Markaziy Osiyo: vaqt sinovidan ötgan hamkorlik» maqolasida Rossiyaning Markaziy Osiyo mintaqasi bilan hamkorligi haqida sözlab bergan. Uşbu maqolani qisqartirilgan holda e'tiboringizga havola etamiz.
Yubiley — çorak asr yöl bosilganidan söng sarhisob qiliş, kelajak uçun rejalar quriş uçun yaxşi bahona. Davlatlarimiz jamoatçiligiga ma'lum qilişimiz kerak bölgan narsalar köp. Rossiya Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston bilan ittifoqçilik va strategik şerikçilik munosabatlarini örnatgan.
Birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan salmoqli şartnomaviy-huquqiy baza yaratildi, işonçga asoslangan siyosiy muloqot, şu jumladan, oliy darajada örnatildi, umuman olganda, yaqin va köpqirrali hamkorlik ta'minlandi. Bu işlarda muhim tayanç bölib bizni boğlab turgan geografik yaqinlik, umumiy tarix, insonlarimiz taqdirlarining çambarçasiligi xizmat qilmoqda.
Davlatlarimiz çuqur tuzilmaga ega savdo-iqtisodiy aloqalarni qöllab-quvvatlab turişibdi. Rossiya investitsiyalarining hajmi 20 mlrd. dollardan oşgan. Markaziy Osiyoda 7,5 mingdan ziyod Rossiyaning va u iştirokidagi qöşma korxonalar faoliyat körsatmoqda. Katta miqdordagi mablağ (2013–2016 yillarda 37 mlrd. dollardan ziyod) mintaqa mamlakatlari fuqarolari tomonidan ularning Rossiyadagi faoliyati tufayli kelib tuşmoqda.
Qirğiziston (488 mln. dollar) va Özbekiston (865 mln. dollar) qarzlaridan keçildi. Neft va neft mahsulotlarini bojsiz yetkaziş körinişida madad körsatilmoqda. Rossiyada ayni paytda 150 mingdan ortiq markaziy osiyolik talabalar öqişmoqda. Ularning 46 mingdan ortiği Rossiya federal byudjyetidan stipendiya olişmoqda.
Tojikistonning BMT Boş assambleyasi tomonidan ma'qullangan va 2018 yildan 2028 yilgaça bölgan davrni «Barqaror rivojlaniş uçun suv» ön yilligi taşabbusi jahonda suv resurslaridan oqilona foydalaniş muammolariga bağişlangan. 10–11 noyabr kunlari Samarqandda mintaqaviy xavfsizlik masalalariga bağişlangan «Markaziy Osiyo: bir ötmiş va umumiy kelajak. Barqaror rivojlaniş va birgalikdagi farovonlik uçun hamkorlik» yuqori darajadagi anjumani bölib ötişi möljallanmoqda.
Sönggi 25 yil tajribasi postsovet hududida izçil integratsion yaqinlaşiş bilan boğliq ustunliklarni yaqqol körsatib berdi.












