Özbekiston Respublikasi Janubi-ğarbiy maxsus harbiy okrugi hamda Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugining toğ-öqçilari bölinmalari harbiy xizmatçilari hamkorligidagi maxsus taktik öquv maşqlari davom etmoqda, deb xabar berdi KUN.UZ’ga mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Öquv maşqlari doirasida ikki davlat harbiy xizmatçilari iştirokida «Ötiş murakkab bölgan toğli hududlarda noqonuniy qurollangan kuçlarni yöq qiliş böyiça aksilterror operatsiyalarni taşkil etiş va ötkaziş» mavzusida harbiy ilmiy anjuman bölib ötdi. Unda aksilterror harakatlarni taşkil etişning öziga xos muhim jihatlari, bölinmalarni boşqariş, nostandart qarorlar qabul qiliş, qurol-yaroğ va boşqa zarur anjomlardan foydalaniş uslublari, hamkorlikdagi harakatlarni rejalaştiriş masalalari muhokama qilinib, özaro fikr-mulohaza almaşildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Özbekiston Respublikasi Janubi-ğarbiy maxsus harbiy okrugi qöşinlari qömondonining örinbosari podpolkovnik Pölat Sotivoldiyev, harbiy okrug boşqarma va bölim boşliqlari toğ murakkabliklarining jangovar harakatlarni ötkazişga jiddiy ta'siri, noqonuniy qurollangan kuçlarning tarkibi, qurollari va jang olib boriş taktikasi böyiça, şuningdek ularga qarşi artilleriya hamda Havo hujumidan mudofaa qöşinlari va Harbiy havo kuçlarining qöllanilişi borasida ma'lumot berişdi. Ma'ruzalar qiziqiş bilan tinglandi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Şundan keyin hamkorlikdagi maxsus taktik öquv maşqlari ötkaziladigan hududda ikki mamlakat harbiylari iştirokida maqsad va vazifalarni bajariş yuzasidan körgazmali tayyorgarlik maşğulotlari ötkazildi. Unda podpolkovnik Zuhriddin Rahimov rahbarligidagi toğ öqçi bölinmasi harbiy xizmatçilari real xavf va tahdidlarni qaytariş borasida yetarli tajribaga ega ekanliklarini namoyiş qildilar.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati