“Özagrolizing” AJ sobiq boşqaruv raisi Nodir Otajonov jinoiy jazoga tortilgani maʼlum böldi. U bilan birga “Inter Agromash” MÇJ taʼsisçisi Xaydar Abduşukurov ham sudlangan. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Reja

Sud hujjatida keltirilişiça, Nodir Otajonov 2020-yil 24-noyabrdan 2025-yil 8-aprelga qadar “Özagrolizing” AJ boşqaruv raisi lavozimida işlagan. U Xitoyda işlab çiqarilib, ilgari işlatilgan qişloq xöjaligi texnikalarini Özbekistonga göyoki yangi texnika sifatida import qiliş rejasini tuzgan. Bu orqali bojxona tölovlari böyiça imtiyozga ega böliş va texnikalarni lizing şartnomalari asosida mahalliy fermerlarga haqiqiy qiymatini oşirgan holda sotgan holda daromad orttirişni közlagan.

Mln dollarlik “uluş”

Nodir Otajonov 2024-yil bahor oylarida Xitoyning “Xingiang boshiran Intelligent Agricultural Machinery Co.Ltd” kompaniyasi vakillari bilan norasmiy aloqa örnatgan. Ularga avval foydalanilgan va qiymati arzon bölgan 3 qatorli 100 dona paxta teriş kombaynini 2 qatorli “4MZ-2A” rusumli yangi kombayn körinişida qayta taʼmirlab, har birini 80 ming dollardan Özbekistonga yetkazib berişni taklif qilgan.

Ular bu taklifga rozi bölsa kombaynlarni import qiliş yuzasidan şartnoma imzolaniş majburiyatini öz zimmasiga olişi evaziga şartnoma umumiy qiymatining 15 foiz miqdorida öziga uluş ajratilişi xususida oğzaki kelişgan.

Ammo Nodir Otajonov paxta teriş kombaynlarini töğridan-töğri “Özagrolizing” AJga import qiliş vakolatiga ega emasdi. Buni yaxşi anglagan boşqaruv raisi öziga avvaldan taniş bölgan “Inter Agromash” MÇJ rahbari Xaydar Abduşukurovni şerik qiladi. Yaʼni, unga özining rejasini aytadi.

Şu tariqa ular Xitoy kompaniyasi tomonidan qayta taʼmirlangan paxta teriş kombaynlarini MÇJ nomiga import qilib, lizing şartnomalari asosida mahalliy fermerlarga qimmat narxda sotişni hamda bojxona imtiyozlari va sotuvdan tuşgan foydani özaro taqsimlab oliş yuzasidan til biriktirgan.

Navbatdagi qadam

Xaydar Abduşukurov rejaga asosan va Nodir Otajonovning yöriqlari asosida 2024-yil 5-iyulda öz rahbarligidagi MÇJ nomidan tijorat taklifi tayyorlab, “Özagrolizing”ga yuborgan. Tijorat taklifida har birining qiymati 80 ming dollar bölgan “4MZ-2A” rusumli 100 dona yangi paxta teriş kombaynini mahalliy fermerlarga 1 mlrd 650 mln sömdan yetkazib beriş bayon etilgan. Ammo bu kombaynlar aslida eski va qayta taʼmirlangan, qolaversa, 3 qatorli 76 sm oraliq sxemadan 2 qatorli 60 sm oraliq sxemaga özgartirilgan bölgan.

Nodir Otajonov 2024-yil 15-iyulda “Özagrolizing” AJ boşqaruv majlisini ötkazib, Abduşukurovning tijorat taklifini kun tartibida köriladigan masalalar orasiga kiritgan. Söngra majlis qatnaşçilari tomonidan tijorat taklifning maʼqullanişini taʼminlab, bu haqidagi yiğiliş bayonnomasini tasdiqlagan.

Şu tariqa, Otajonov va Abduşukurov 2024-yil 22-iyulda AJ hamda MÇJ örtasida 1 mlrd 650 mln sömdan 35 ta kombaynni 57 mlrd 750 mln sömga mahalliy fermerlarga lizing şartnomasi asosida sotilişi uçun yetkazib beriş haqida şartnoma imzolaşgan.

Döstning uyidagi seyf

Nodir Otajonovning Xitoy kompaniyasi vakillariga 100 dona kombayn import qilinişini taʼminlaş va şartnoma summasidan 15 foiz uluş oliş kelişuvi bor edi. U buni oxiriga yetkaziş maqsadida Abduşkurov rahbarligidagi MÇJ va Xitoy kompaniyasi örtasida umumiy qiymati 8 mln dollarga teng 100 ta kombaynni MÇJ nomiga import qilinişi yuzasidan şartnoma imzolanişini taʼminlagan.

Qolaversa, Otajonov kombaynlar böyiça tölov MÇJ tomonidan öz vaqtida tölanmagan taqdirda uşbu pullar “Özagrolizing” tomonidan töliq tölab berilişi haqida kafolat xati imzolab, uni Xitoy kompaniyasiga yuborgan. 

Buning evaziga u Xitoy kompaniyasining Özbekistondagi tarjimoni bölgan Yuan Leniyandan 2024-yil avgust-oktabr oylarida jami 1 mln 180 ming dollar mablağni öz uluşi tariqasida dösti orqali olgan. Uşbu pullarni döstining Yunusobod tumanidagi uyida saqlagan. 

Rejaning foş bölişi

2024-yil 22-avgustdan Xitoydan aslida eski, yaʼni 2019 va 2020-yillarda işlab çiqarilib, qayta taʼmirlangan kombaynlar import tariqasida Özbekistonga kirib kela boşlagan. Şeriklar bojxona idoralariga import tariqasida keltirilgan kombaynlar göyoki yangiligi haqidagi yolğon maʼlumotlar kiritilgan hujjatlar orqali 7,5 mlrd söm bojxona tölovlaridan böyin tovlagan holda texnikalarni “Erkin muomalaga çiqariş” bojxona rejimida rasmiylaştirişgan.

Otajonov va Abduşkurov kombaynlardan 29 donasini Qoraqalpoğiston Respublikasi, Qaşqadaryo, Toşkent, Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi fermer xöjaliklariga lizing şartnomalari asosida yetkazib bergan. Şundan 13 ta fermer xöjaligi avans tölovi sifatida AJ hisob-raqamiga 2024-yil sentabr-oktabr oylarida 4 mlrd 710 mln söm pul ötkazgan. 6 ta kombayn böyiça fermer xöjaliklari bilan qabul qiliş-topşiriş dalolatnomasi rasmiylaştirilgan.

Biroq, fermer xöjaliklari kombaynlardan foydalaniş çoğida ular yangi emasligidan xabar topişgan. Söngra ayrim fermerlar “Özagrolizing”ning hududiy filiallariga kombaynlarni qaytarib oliş yuzasidan murojaat qilgan. Ular avans sifatida tölangan pullarini qaytarib olişgan yoki boşqa lizing şartnomalari böyiça tölovga qaratişgan. 

2024-yil 24-oktabrda Abduşkurov navbatdagi 6 dona kombaynni yangi kombayn sifatida “Erkin muomalaga çiqariş” bojxona rejimiga rasmiylaştiriş uçun Toşkent şahar bojxona boşqarmasiga taqdim qilgan. Uşbu kombaynlar tegişli ekspertlar iştirokida bojxona körigidan ötkazilganida, ularning identifikatsiya raqamlari qalbaki ekanligi, ular aslida 2019-2021 yillarda işlab çiqarilgani va qayta taʼmirlangani aniqlangan.

“Aybsizman”

Yuqoridagi holatlarning barçasi sud hujjati asosida bayon qilindi. Ammo Nodir Otajonov va Xaydar Abduşukurov özlariga qöyilgan ayblovga iqror bölişmagan.

Xususan, Nodir Otajonov aybsizligini, jinoyat sodir etmaganini, import qilingan kombaynlar uçun davlat mablağlari hisobidan umuman tölov qilinmaganini bildirib, oqlov hukmi çiqarişni söragan.

“Bu paxta teriş maşinalarini Özbekistonga keltirişga men rahbar bölganman. Davlat rahbari qarori bilan yuklatilgan vazifa edi. 2024-yil uçun 600 ta kombayn olib kelişimiz lozim bölgan. Özi qarorda 500 ta belgilangan, undan taşqari protokol bilan yana 100 ta qöşilgan.

Dastlab olib kelingan 500 ta kombayn böyiça umuman muammo bölmagan. Faqat 100 ta kombayn böyiça muammo kelib çiqqan. Bu böyiça Xitoy kompaniyasi barça holatlarni böyniga olib, uzr sörab çiqqan, biroq ança kombayn kirib kelib bölgandi. Men şartnoma tuziş, bojxona rejimiga oliş va bojxona rasmiylaştiruvida iştirok etmaganman. Uşbu işlarga aloqam bölmagan.

Xitoy kompaniyasi 2024-yilda işlab çiqarilgan yangi texnikalarni yetkazib berişni böyniga olgandi. Ular şartnoma şartlarini buzdi. Şuning uçun ham ular yetkazilgan barça zararni qoplaşni maʼlum qilib, bizga taklif bilan çiqdi.

Tergov vaqtida menga turli bosimlar böldi. Biroq aybim bölmagani uçun bu ayblarni böynimga olmadim. “Inter Agromash”da işlovçi öğlimni javobgarlikka tortiş bilan tahdid qilişni boşlagan vaqtda men barça holatlarga rozi böldim, aytilgan narsaga qöl qöyib berdim”, degan Nodir Otajonov apellyatsiya sudida bergan körsatmasida.

Şuningdek, u ekspertiza xulosasi bergan ekspertlar kombaynni umuman tuşunmaydigan xodimlar ekanini, ekspertiza jarayonida bir-biriga töğri kelmaydigan firma va kombaynlarni soliştirişganini bildirgan.

Sud hujjatida Nodir Otajonov va Xaydar Abduşukurovning aybi guvohlarning körsatuvlari, ekspertiza xulosalari, telefon sözlaşuvlari hamda boşqa hujjatlar bilan öz tasdiğini topgan deb hisoblangan.

“Yuan pul keltirib bergan”

Nodir Otajonov Xitoy kompaniyasi vakillaridan uluş sifatida olgani aytilgan pulni döstining uyida saqlagani sud hujjatidagi muhim nuqtalardan biri. Sudda Otajonovning ayni şu dösti I.M. guvoh sifatida söralgan. U döstining pulini uyidagi seyfda saqlab kelganini tasdiqlagan.

“Menga omonat borligini aytib, uşbu omonatlarni saqlab berişni söradi. Tanişim bölgani uçun ham uning bu taklifiga rozi böldim. Uning körsatmasiga asosan pullarini uyimda bölgan seyfda saqlab berdim.

Uyimda ikkita seyf bor: birida özimning pullarim va hujjatlarim turadi, ikkinçisi böş turgandi. Öşa seyfga Nodir Otajonovning omonatini saqlaş uçun qöydim.

U tomondan berilgan pullarning hisob-kitobini yuritmayman, pullarni u aytgan yoki berib yuborgan odamdan olib, seyfga solib qöyaman. Agarda kimgadir pul berib yuborişimni aytsa, seyfdan olib berib yuborganman. Biroq, aniq miqdorini bilmayman, hisob-kitobni Nodir Otajonovning özi yuritardi.

Otajonov bilan gaplaşişimdan oldin unga heç kim pul olib kelib bermagan. U bilan gaplaşganimdan keyin notaniş odam orqali pul kelgan. Nodir Otajonov menga qönğiroq qilib, tanişi pul olib kelib berişini aytgan va men pullarni olib qolganman. Ikkinçi marta Yuan ismli Xitoy fuqarosi pul olib kelgan. Undan keyin heç kim pul olib kelmagan. Faqat özi pullarni olib ketgan.

Yuan Nodir Otajonov aytgan pullarni olib kelganini bilaman. Pullarning bir qismini Otajonovning körsatmasiga asosan X. ismli bolaga berib yuborganman. Yuandan 3-4 marta pul olib qolganman. Nega u pul olib kelganini, qança pul olib kelganini bilmayman: ularni oçib sanamasdan qanday keltirgan bölsa şunday olib, seyfga solib qöyganman”, degan u öz körsatmasida.

Jazo

Nodir Otajonov va Xaydar Abduşukurovga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi JIB Yunusobod tuman sudida körib çiqilib, 2025-yil 28-oktabrda hukm öqilgan.

Har ikki sudlanuvçi Özbekistonning manfaatlariga xilof ravişda bitimlar tuziş, şuningdek, bojxona töğrisidagi qonunçilikni buzişga oid jinoyatlarda aybli deb topilgan.

Hukmga köra: 

  • Nodir Otajonov – 3 yil “Özagrolizing” AJ tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş, şuningdek, BHMning 550 baravari (öşa vaqtda 206 mln 250 ming söm) miqdorida jarima jazosiga;   

  • Xaydar Abduşukurov – 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş va BHMning baravari (öşa vaqtda 206 mln 250 ming söm) miqdorida jarima jazosiga tortilgan.

Şuningdek, iş doirasida bitta avtomobil hamda bir neçta köçmas mulkni davlat foydasiga ötkaziş belgilangan.

JIB Yunusobod tuman sudining 2025-yil 9-oktabrdagi ajrimi bilan “Özagrolizing” AJ omborxonalariga saqlaş uçun topşirilgan 100 dona “4MZ-2A” rusumli paxta teriş kombaynini davlat daromadi hisobiga musodara qiliş nazarda tutilgan. 

Toşkent şahar sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining 2026-yil 23-iyundagi ajrimi bilan dastlabki sud hukmining köçmas mulklardan birini davlat foydasiga ötkaziş qismi bekor qilingan. Sudlanuvçilarning apellyatsiya şikoyatlari qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

Nodir Otajonov kim?

Nodir Otajonov 1967-yil Namangan viloyati Yangiqörğon tumanida tuğilgan. 1993-yilda Andijon qişloq xöjaligi instituti, 1999-yilda Namangan muhandislik-pedagogika instituti, 2000-yilda Özbekiston Respublikasi Bank va moliya akademiyasini tamomlagan.

1993-2007 yillarda Moliya vazirligi, 2007-yilda “Özavtosanoat” moliyaviy menejeri, 2008-2010 yillarda - kompaniya direktori sifatida işlagan. Şuningdek, “Özqişloqxöjalikmaşlizing” aksiyadorlik lizing kompaniyasini boşqargan. 

Otajonov 2019-yilda Boş vazir maslahatçisi – “Özagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi etib tayinlangan. U 2020-yil fevraldan hukumatdan ketib, “Özagrotexsanoatxolding” AJ boşqaruvi raisi lavozimini saqlab qolgan.

Nodir Otajonov 2020-yil 24-noyabrdan 2025-yil 8-aprelga, yaʼni qamoqqa olinguniga qadar “Özagrolizing” AJ boşqaruv raisi lavozimida işlagan. 

2024-yil avgustda “Özagrolizing” AJ boşqaruvi raisi sifatida “Sodiq xizmatlari uçun” medali bilan taqdirlangan. 

Sud hujjatlari asosida tayyorlandi