Janubiy Amerikaning uç mamlakati - Paragvay, Argentina va Urugvay prezidentlari 2030 yilda futbol böyiça jahon çempionatiga mezbonlik qiliş uçun birgalikda murojaat bilan çiqiş niyatida ekanliklarini ma'lum qilişdi. Bu haqda AP agentligi xabar bermoqda.

Paragvay rahbari Oracio Kartes, Argentina yetakçisi Maurisio Makri va Urugvay prezidenti Tabare Vaskes çorşanba kuni Buenos-Ayresdagi prezidentlik saroyida bu borada bayonot bilan çiqiş qildilar. 

Şu bilan birga, Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tomonidan 2030 yilgi jahon çempionatini ötkaziş uçun arizalar tört yildan keyingina qabul qilinadi. Taxminlarga köra, murojaatga Argentinadan oltita, Urugvay hamda Paragvaydan esa uçtadan şahar kiradi. 

Avvalroq, 2030 yilda jahon çempionatini qabul qiliş huquqi uçun Xitoy va Angliya ham kuraş olib boriş niyatida ekanligi xabar qilingandi.

2030 yilda jahon çempionatining 100 yilligi nişonlanadi. Tarixdagi birinçi musobaqa 1930 yilda Urugvayda bölib ötgan. Argentina jahon çempionatini 1978 yilda qabul qilgan bölsa, Paragvay heç qaçon bunday huquqni qölga kiritmagan. Ilgari faqat bir marta jahon çempionatiga ikki mamlakat mezbonlik qilgandi - 2002 yilda musobaqa Yaponiya va Janubiy Koreyada ötkazildi. 

2018 yilgi jahon çempionati Rossiyada, 2022 yilda esa - Qatarda ötkaziladi. Şimoliy Amerika 2026 yilgi jahon çempionatini qabul qiliş uçun eng yaxşi nomzod bölib turibdi. Xalqaro futbol federatsiyasi prezidenti Janni Infantinoning ta'kidlaşiça, musobaqa birdaniga uç davlat - AQŞ, Kanada va Meksikada bölib ötişi mumkin.

"Biz uni [Jahon çempionatini] ötkaziş niyatida bölgan boşqa mamlakatlar ham borligini bilamiz, lekin mening fikrimça, Urugvayda birinçi jahon çempionati bölib ötganining 100 yilligi mintaqani juda jozibador qiladi", - deya Paragvay rahbarining sözlarini keltiradi 
Reuters agentligi.

Makri qöşma murojaat bilan çiqiş haqidagi qaror juda tez qabul qilinganini ta'kidlab ötdi. "Dastlab ğoya Urugvaydan çiqdi, hamda biz “ha” deyişimiz uçun 40 soniya vaqt kerak böldi, - dedi u. - Paragvay öz nomzodini taklif qilganida, menga rozi böliş uçun yana 40 soniya talab etildi. Urugvay Paragvayning qöşilganiga juda ijobiy munosabatda böldi, hamda öylaşimça, bu bizning qöşma murojaatga qöşimça kuç beradi".

Tadbirda FIFA prezidenti Infantino ham iştirok etib, u qöşma murojaatda Argentinaning örni muhimligini qayd etib ötgan.