Unga köra, 2030 yilgi jahon çempionati 3ta qit’adagi 6ta mamlakatda ötkaziladi. Aksariyat öyinlarga Marokaş, Ispaniya va Portugaliya mezbonlik qiladi. Uçta öyin esa Janubiy Amerika qit’asida bölib ötadi. Turnirning oçiliş öyini Urugvayda bölib ötsa, Argentina va Paragvay ham guruhdagi dastlabki öyinini muxlislari qarşisida ötkazadi. Final öyini esa Madriddagi «Santyago Bernabeu» öyingohida ötkazilişi rejalaştirilgan.
Qayd etiş joiz, 2030 yilda ilk jahon çempionati ötkazilganiga 100 yil töladi. Öşa turnirga Urugvay mezbonlik qilgandi.
Ma’lumot uçun, JÇ-2026 AQŞ, Kanada va Meksika maydonlarida bölib ötadi. Turnirda 48 jamoa iştirok etadi.
















