JÇ-2030 Osiyoda bölib ötişi mumkin, deya xabar tarqatdi Yonhap agentligi. Manbaga köra, Janubiy Koreya hukumati uşbu mundialga Xitoy, Yaponiya va KXDR davlatlari bilan birgalikda qöşma ariza topşirişni rejalaştirmoqda.

«Şu tariqa biz Osiyo şimoli-ğarbini Koreya yarimoroli bilan boğlaşga erişişimiz mumkin», - deya tuşuntirgan Janubiy Koreya sport vaziri To Çon Xvan.

Ta'kidlaş örinliki, JÇ-2002ga Yaponiya va Janubiy Koreya birgalikda mezbonlik qilgan edi.

Agentlik xabarida qöşimça qilinişiça, janublik koreyslar 2032 yilgi yozgi Olimpiada mezbonligi uçun KXDR bilan birgalikda ariza topşiriş imkoniyatlarini körib çiqmoqda. Avval özaro uruş vaziyatida bölgan mamlakatlar uşbu turnirni öz poytaxtlari – Seul va Pxenyanda taşkil etişlari mumkin. Eslatib ötamiz, 2020 yilgi yozgi Olimpiada Yaponiya poytaxti Tokioda bölib ötadi.

Umuman olganda, JÇ-2018dan söng 24-jahon çempionati mezbonligi uçun da'vogarlar soni oşib bormoqda. Dastlab Argentina, Urugvay va Paragvay mamlakatlari buning uçun kuraşişi e'lon qilingandi. Söngra Afrika qit'asidan Jazoir, Marokaş va Tunis davlatlari ham şunga da'vogar ekani xabar qilindi. Sentyabr oyi boşida esa Buyuk Britaniya va Irlandiya JÇ-2030ni özida ötkazmoqçi ekani ma'lum bölgandi.

Ta'kidlaş joiz, 2030 yilda ilk mundial taşkil etilganiga 100 yil töladi. JÇ-2022 Qatar, undan keyingi çempionat esa Kanada, Meksika va AQŞ maydonlarida bölib ötadi.