Saudiya Arabistoni 2030 yilgi futbol böyiça jahon çempionatiga mezbonlik qiliş niyatida emas. Bu haqda Marca naşri yozdi.
Dastlab Saudiya Arabistoni rasmiylari musobaqani Gretsiya va Misr bilan birga ötkazmoqçi edi. Ma’lumotlarga köra, Saudiya Arabistoni taşqi işlar vaziri Faysal bin Farxon Ol Saud hamkorlarga ariza qaytarib olinganini ma’lum qilgan. Qaror Portugaliya, Ispaniya va Marokaşning arizasi bilan raqobatlaşa olişiga işonçsizlik tufayli qabul qilindi. Gap şundaki, qit’alar rotatsiyasiga köra 2030 yilgi turnir Yevropada ötişi kerak.
Şuningdek, musobaqaga Argentina, Urugvay, Çili va Paragvay ham qöşma ariza topşirgan.
Mutaxassislar fikriga köra, 2030 yilgi jahon çempionatiga mezbonlik qiliş uçun Portugaliya, Ispaniya va Marokaşning imkoniyati yuqoriroq. Saudiya Arabistoni esa 2034 yilgi jahon çempionatini mustaqil ötkazişi mumkin.
Qaysi davlatlar 2030 yilgi çempionat mezboni bölişi 2024 yil sentabrida ma’lum böladi.
Eslatib ötamiz, 2022 yilgi jahon çempionati Qatar davlatida ötkazildi. 2026 yilgi jahon çempionatiga AQŞ, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.
















