Apple asosçilaridan biri Stiv Voznyakning fikriça, odamlar uçun sun'iy idrokning xavfi hali ança uzoqdadir.
Voznyak sun'iy idrok naqadar xavfli ekani borasidagi öz fikri özgarganini aytib ötdi.
"Men bu fikrga qöşilgandim hamda köp yillar davomida – Ilon Mask va Stiven Xokingning bayonotlaridan ikki yil avval gapirgandim. Biroq, men öz fikrimni özgartirdim. Menda bu xavf uzoq kelajakda bölişi mumkinligiga tegişli mantiqiy sabablar bor. U haqiqatga aylanişi uçun önlab, yuzlab yillar ötişi kerak. Balki, u heç qaçon bunday bölmas", - deya ma'lum qildi u "Vedomosti" gazetasiga bergan intervyusida.
Voznyakning ta'kidlaşiça, xavf haqida ma'lum qilişayotganda, darhol nimadir qiliş lozimligini nazarda tutişadi, biroq sun'iy idrok inson aqli darajasidan hali ança orqada.
"Ular insonlar bergan ma'lum bir qoidalar turkumi bilan nimanidir tezroq qilişi, masalan, öyinni tezroq öynaşlari mumkin. Ular inson öylab topayotgan vazifalarni hal qilişmoqda. Biroq, sun'iy idrok özi mustaqil ravişda qandaydir muammoga yeçim topişi mumkinligiga oid savol bilan çiqişdan hali ança uzoqda. Maşina: insonlar bizga xalaqit berişmoqda, ularsiz hammasi yaxşi bölar edi, deyişi uçun şaroit hozirça yöq", - deya aniqlik kiritdi Voznyak.
Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, olimlar va tadqiqotçilar inson miyasi qanday işlaşini haligaça aniqlay olişmadi. Inson öyinlar öynaşi va yoş bola kabi nimanidir noldan örganişi mumkin bölgan maşinani yaratişi mumkin. Biroq hozirça fikrlaş imkoniyatiga ega maşinalar yöq. Hozirgi barça texnologiyalar va sun'iy idrok ayni damda insonga böysunmoqda, deya qayd etib ötdi Voznyak.












