Bugungi kunda qon oqişini töxtatiş va inson tanasidagi yaralarni tezroq bitirişga kömaklaşadigan universal yelimni yaratişga qaratilgan bir neça loyiha mavjud. Turli tadqiqotçi jamoalar masalani yeçişga turli tomondan yondaşişmoqda. Avstraliyaning Sidney universiteti olimlarini olaylik, ular yelim yaratişda öta elastik oqsillardan foydalanişgan. MeTro deb ataluvçi yelim bilan hattoki öpkadagi yaralarni ham yelimlasa böladi, natijada yaraning bitişi tezlaşadi.
Yelimning tarkibidagi oqsillar ultrabinafşa nur ta'sirida juda qayişqoq, a'zolar töqimasidan ham mustahkamroq materialga aylanadi. MeTro yaraga sepilgaç, bir daqiqa içida uni töliq qamrab oladi. Sekin asta u söriladi va uzilgan töqimalarni tiklab, ulay boşlaydi. Bu yelim yordamida bugungi kunda tibbiyotda keng foydalanilayotgan çoklar va metall simlardan voz keçiş mumkin. Yelimdan favqulodda holatlarda, masalan avtohalokatlar va harbiy harakatlar zonasida muvaffaqiyatli foydalaniş mumkin.
«MeTro yelimi formulasining qulayligi şundan iboratki, yaraga sepilgaç va töqimalar bilan aloqaga kirişgaç, u suyuqlik fazasini çetlab ötib, darhol gel hosil qiladi. U mutlaqo zararsiz, işlatişda esa juda qulay», — degan jurnalistlarga professor Nasim An-Nabiy.
Yelimning yana bir öziga xos jihati şundan iboratki, organizmga yarani bitirişga imkon beriş uçun uning yara içida sörilişini oldindan dasturlaştiriş mumkin. Bu maxsus enzimlar yordamida amalga oşiriladi. Yelimdan yasalgan tiqin bir neça soat yoki bir neça oy içida sörilişi mumkin. Olimlar yelimni laboratoriya tönğizlarining jarohatlangan öpkasi va boşqa içki a'zolarida, şuningdek jarohatlangan arteriyalarda ham sinab körişdi. Barça holatlarda yelim qöyilgan vazifani a'lo darajada bajardi.











