Prezident Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat taşrifi bilan Özbekistonda bölgan prezident Almazbek Atamboyev bugun Qirğizistonga jönab ketdi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.

Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev kuzatib qöydi. 

Avval xabar qilinganidek, taşrifning asosiy tadbirlari 5 oktabr kuni bölib ötdi. 

Almazbek Atamboyev Şavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga taşrif buyurdi. Prezidentlar «Özekspomarkaz»da taşkil etilgan Özbekiston va  Qirğiziston sanoat mahsulotlari körgazmasi bilan tanişdilar. 

Köksaroy qarorgohida bölib ötgan muzokaralarda Özbekiston va Qirğiziston örtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantiriş, transport-kommunikatsiya, energetika, qişloq xöjaligi, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi, qator hujjatlar imzolandi.