"Atletiko" klubi La Liganing 8-turida bölib ötadigan "Barselona"ga qarşi öyin uçun kataloniyalik muxlislarga çipta sotmaslikka qaror qildi.
Sky Sports xabariga köra, buning sababi qilib "Vanda Metropolitano" stadionining mehmon jamoa muxlislari sektoridagi muammolar körsatilayotgan bölsa-da, aslida mamlakatdagi siyosiy vaziyatdan kelib çiqqan holda, Madrid klubi kataloniyaliklarni stadionga kiritmaslikka qaror qilgani haqiqatga yaqinroq.
Eslatib ötamiz, «Barselona»ning avvalgi turdagi «Las Palmas»ga qarşi keçgan uçraşuvi «Kamp Nou»da, böş tribunalar ostida keçgandi.
«Atletiko» - «Barselona» öyini 14 oktabr, şanba kuni bölib ötadi.
Kataloniyaliklar yetti turdan söng, yuz foizli natija körsatgan holda, turnir jadvalini boşqarib turgan bölişsa, Simeone şogirdlarida uçta durang bor va yetti öyindan 15 oçko jamğarib, 4-örindan joy olişgan.











