BMT boş kotibining insonparvarlik masalalari böyiça örinbosari Mark Loukokning aytişiça, yuz minglab rohingya musulmonlari Myanmada qolmoqda va Bangladeşga qoçib ötişlari mumkin, BMT vaziyatning turli xil ssenariylariga tayyorlanmoqda.

"Myanmada qança rohingyalar qolayotganini heç kim bilmaydi, ammo bizning fikrça, ularning soni yuz minglab", - dedi u.

Loukokning ta'kidlaşiça, Birlaşgan Millatlar Taşkilotida yil oxiriga qadar Bangladeşda qança rohingya qoçqinlari bölişi mumkinligi haqida taxminlar yöq, biroq gumanitar taşkilotlar turli xil ssenariylarni işlab çiqmoqda.

"Biz insonlar öz mamlakatidan qoçib çiqişga majbur bölmaydigan şaroitlar yaratilişini xohlaymiz", - dedi u.

Xalqaro migratsiya taşkilotining ma'lumotlariga köra, ikki mingga yaqin rohingyalar har kuni Bangladeşdagi Koks-Bozorga kelişmoqda. Hozir Bangladeşdagi ikki qoçoqlar lagerida 800 mingdan ziyod rohingya musulmonlari bor. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti qoçqinlar orasida vabo tarqalişining oldini oliş maqsadida Bangladeşga 900 ming dozada vakttsinalar jönatdi. Kutilişiça, yuk şanba kuni joyiga yetkazilişi kerak.