Milliy xavfsizlik xizmati Farğona viloyati tumanlaridan birining xalq ta'limi bölimi uslubçisi maktab öqituvçilaridan muntazam ravişda pul olib kelgani bilan boğliq firibgarlik sxemasini foş etdi.
Özbekiston tumanidagi örta maktab öqituvçisi huquqni muhofaza qiliş idoralariga murojaat qilib, mahalliy tuman xalq ta'limi bölimi uslubçisi X.Möminova undan 2-, 3- va 4-sinflar uçun yillik öquv rejasini taqdim etiş evaziga 90 ming söm talab qilganini ta'kidlab ötgan.
"Uşbu arizaga asosan, dastlabki tergov tadbirlarini olib borgan tezkor guruh taşkil qilindi. Natijada Möminova tumandagi örta maktablar öqituvçilarining yillik öquv rejalarini körib çiqiş va tasdiqlaş uçun öz xizmat vakolatlarini muntazam ravişda suiste'mol qilgani hamda turli bahonalar bilan kamçiliklarni iddao etgan holda, qayta körib çiqiş uçun qaytarib bergan", - dedi Milliy xavfsizlik xizmati vakili.
Buning evaziga Möminova pul mukofoti uçun namunali reja sifatida özi tayyorlagan rejani taqdim etgan. Tekşiruv davomida aniqlanişiça, u şu tariqa tumandagi örta maktablarning 20 nafar öqituvçisidan 2,6 mln. söm olgan.
Mutaxassislarning sözlariga köra, uslubçi Xalq ta'limi vazirligining 2011 yil 23 martdagi “Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlaşni taşkil etişda şahar va tuman bölinmalari xodimlari mas'uliyati” qaroriga muvofiq pullik xizmatlarni körsatiş huquqiga ega bölmagan.
Bundan taşqari, uslubçining iş kabinetida 3,7 ming AQŞ dollari va 9,3 million söm, şuningdek, pul bergan öqituvçilarning ism-şariflari yozilgan daftar topildi. Ular aşyoviy dalillar sifatida olib qöyildi.
Boş prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamenti tomonidan Möminovaga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan iş qözğatildi.











