Prezidentning 4 oktabrdagi “Avtoyöl köpriklari, yöl ötkazgiçlari va boşqa sun'iy inşootlarni quriş va ulardan foydalanişni taşkil etiş tizimini takomillaştiriş töğrisida”gi qarori e'lon qilindi.
Hujjat bilan “Trest “Köprikqöriliş” UK (“Özbekiston temir yöllari” AJ tizimi korxonasi) avtoyöl köpriklari, uzunligi 500 metrdan ortiq yöl ötkazgiçlari va boşqa sun'iy inşootlardan foydalaniş böyiça vakolatli taşkilot etib belgilandi.
Unda quyidagilar taşkil etilmoqda:
ikkita ixtisoslaştirilgan filial – köpriklar, yöl ötkazgiçlar va boşqa sun'iy inşootlarni quriş va rekonstruksiya qiliş böyiça 1- va 2-sonli köprik quriş otryadlari;
hududiy tuzilmaviy bölinmalariga ega bölgan, köpriklar, yöl ötkazgiçlar va boşqa sun'iy inşootlardan foydalaniş böyiça unitar korxona;
"Köpriklar, yöl ötkazgiçlar va boşqa sun'iy inşootlarni loyihalaştiriş böyiça institut" UK;
“Köpriklar, yöl ötkazgiçlar va boşqa sun'iy inşootlarni quriş va rekonstruksiya qiliş böyiça direksiya” UK;
“Quriliş sifati böyiça laboratoriya” UK;
"Trest ”Köprikquriliş" UKning 13-sonli köprik otryadi işlab çiqariş bazasida "Temir-beton va boşqa konstruksiyalarni tayyorlaş böyiça zavod" UK;
"Maxsus temir-beton mahsulotlari va konstruksiyalarini işlab çiqariş böyiça zavod" UK.
Qaror bilan qator boşqa taşkiliy masalalar ham tartibga solingan.
Hujjat 5.10.2017 yildan kuçga kirdi.












