«Bavariya» hujumçisi Robert Levandovski Polşa terma jamoasi safida 2018 yilgi jahon çempionati saralaşi doirasida Armaniston termasiga qarşi uçraşuvda het-trik qayd etdi.

29 yoşli hujumçi milliy terma jamoa uçun 48, 49 va 50-gollarini urdi hamda terma tarixidagi eng yaxşi bombardirga aylandi.

Bungaça bölgan rekord Vlodzimej Lyubanskiga tegişli edi, u Polşa terma jamoasi uçun 48 gol urgan.

Levandovski milliy terma jamoa safida 2009 yilda debyut qilgan va ötgan vaqt içida 90 öyinda maydonga tuşgan.

Şuningdek, «Bavariya» futbolçisi jahon çempionatiga saralaş bosqiçida urgan gollari sonini 15taga yetkazib rekord örnatdi.

Bundan avvalgi rekord germaniyalik Gerd Myuller va portugaliyalik Krişitanu Ronalduga tegişli edi (14tadan gol). Ronalduda Levandovskini bombardirlar poygasida quvib ötib, yangi rekord örnatiş uçun ikkita öyin bor (Andorra va Şveytsariya terma jamoalariga qarşi öyinlar), polşalik futbolçi ham yana bir uçraşuvda öz imkoniyatini sinab köradi (Çernogoriyaga qarşi Varşavadagi öyin).