AQŞ prezidenti Donald Trampning bayonot berişiça, tez orada mamlakat ma'muriyati qurol-yaroğlar savdosida çeklov joriy qiliş masalasini örganib çiqadi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

Jurnalistlar Trampning Pentagon rahbariyati bilan uçraşuvida undan "bump stock" yarim avtomat qurollarni amalda avtomatik qurollarga özgartiradigan jihozlarni sotiş zarurmi, deb söraşga muvaffaq bölişdi. 

"Biz buni tez orada örganamiz", — deb javob bergan Tramp.

2 oktabrga ötar keçasi Stiven Peddok Las-Vegasda 58 kişini otib öldirgaç, öz joniga qasd qilgan. Peddok 32 qavatli mehmonxonadan turib, töplanib turgan 20 ming kişini öqqa tutgan. Otişmadan söng, xonada 23 ta öqotar qurol topilgan edi.