Toşkentda bölib ötgan biznes-forum doirasida Özbekiston va Qirğiziston örtasida qiymati 200 million dollarlik şartnomalar imzolandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi prezidenti 5 oktabr kuni xabar berdi.
Özbekiston rahbari Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev bilan muzokaralar çoğida faqatgina olti oy içida Qirğiziston va Özbekiston örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 10 barobarga ösganini ta'kidladi.
"Agar mavjud tösiqlarni bartaraf etsak, bu ikki tomonlama munosabatlarimiz va ikki tomonlama hamkorlikka yana bir turtki beradi", - dedi Şavkat Mirziyoyev.
Özbekiston rahbari qirğiz-özbek biznes-forumi doirasida 200 million dollarlik şartnomalar imzolaganini aytdi. "Menimça, bu faqat boşlanişi", - dedi Özbekiston prezidenti.











