Qişloq xöjaligida Har qanday yangilik ilm-fan yutuqlari asosida joriy etilsa samaraliroq böladi. Şunga köra, Özbekistonda qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaştirişda olimlar iştirokini kengaytiriş masalasi ham Oliy Majlis Senatining 4 oktabrda bölib ötgan 12-yalpi majlisi e'tiboridan çetda qolmadi. Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti Ibrohim Abdurahmonov şu mavzuda ma'ruza qildi.
“Ilgarilari qişloq xöjaligida kam mablağ sarflab aholining bandligini ta'minlab beriş asosiy vazifa sifatida qaralardi. Ammo bu bugungi kun talablariga mos kelmaydi, endilikda, asosiy maqsad qişloq xöjaligi samaradorligini oşirib, kam mehnatli tizimga ötkazişdir. Bunda zamonaviy texnologiyalar, innovatsiya, fan, AKT tizimlarini qöllaş, ya'ni boşqa fanlardagi yutuqlarni qişloq xöjaligiga joriy etiş maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Hammamiz yaxşi bilamiz, global iqlim özgarib ketmoqda, yangi, ilgari uxlab yotgan kasalliklar, zararkundalar paydo bölmoqda. Haşarotlar tezroq ekinlarga hujum qilişi oqibatida hosilni yöqotib qöyiş kabi katta muammolarga duç kelinmoqda”, dedi Abdurahmonov va senatorlar e'tiborini iqlim özgarişlaridan kelib çiqayotgan muammolariga qaratdi.
Uning ta'kidlaşiça, bu muammoni hal etişda ham AKT qişloq xöjaligiga keng joriy qiliş yaxşi samara berişi mumkin. Xususan, jahon tajribasidan kelib çiqilsa, Daniyada dehqonlarning kompyuter texnologiyalaridan foydalanişi 80 foiizni, Finlandiyada 70 foizni taşkil etadi. Buyuk Britaniyada 75 foiz, Niderlandiyada 50 foizdan yuqori.
Olimning sözlariga köra, bugungi kunda xorijiy mamlakatlar qişloq xöjaligida genetika sohasidagi yangiliklar keng qöllanilmoqda. Genlari özgartirilgan ekinlar yetiştirilmoqda. Haşarot yemaydigan ğöza yoki şoli ekilişi natijasida mehnati kamayadi, pestitsidlar sepilmaydi, kam xarajat böladi. Gerbitsidlarga çidamli ekinlar esa, yovvoyi ötga qarşi kimyoviy dorilarni faol qöllaş imkonini beradi. Çopilmasdan begona ötdan qutiladi.
“Bundan taşqari, Braziliyada yetiştirilayotgan texnologiya böyiça paxta yer namligiga boğliq ravişda suğoriş vaqti kelganida rangi özgaradi. Qişloq xöjaligini rivojlantirişning yana bir yönalişi vertikal hosil yetiştiriş. Bunda hosildorlik va uning ortidan samaradorlik yuqori böladi. Samaradorlik yuqori bölgan joyda mehnatni kamaytirişga erişiladi”, - dedi ÖzFA vitse-prezidenti.
Ibrohim Abdurahmonov, şuningdek öz ma'ruzasida uruğçilik muammolariga ham töxtalib ötdi.
Uning aytişiça, “qişloq xöjaligiga mas'ul idoralar bilan birgalikda qişloq xöjaligini personallaştiriş, ya'ni qayerda qanday ekin ekiladi, qanday işlov beriladi, qança suğoriladi, degan masalalarni hal etib oliş kerak. Buning uçun eng avvalo, uruğçilikni hal etiş kerak. Bu strategik vazifa. Uruğ bölmas ekan, qişloq xöjaligida samaradorlikni oşirib bölmaydi, hosildorlikni köpaytirib bölmaydi. Şuning uçun bunga katta e'tibor beriş kerak. Genlarni töliq örganib çiqib, seleksiyani ham tubdan özgartiriş kerak. Yangi navlar olib kirilmasa, iqlim özgarişi şaroitida yaqin 10-20 yilda bu borada jiddiy natijalarga erişiş muşkul böladi”.












